Rossiyada 9-sinf öquvçisi öqituvçi va sinfdoşlariga avtomatdan öq uzdi.
3-02-2026, 17:57
615 марта

Rossiyada 9-sinf öquvçisi öqituvçi va sinfdoşlariga avtomatdan öq uzdi.
Rossiyaning Ufa şahridagi gimnaziyada 9-sinf öquvçi öqituvçi va sinfdoşlariga qarata öq uzdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Malum bölişiça, bugun, 3 fevral kuni soat 11:00 da Ufa şahri IIB navbatçilik bölimiga 16-gimnaziyada sodir bölgan hodisa haqida xabar kelib tuşgan. Körsatilgan manzilga zudlik bilan politsiya, Rosgvardiya va boşqa tezkor xizmatlar yetib borgan.
Hodisa joyiga Boşqirdiston Respublikasi Içki işlar vaziri, general-mayor Aleksandr Voronejskiy ham borgan. 9-sinf öquvçilaridan biri darsga plastik pnevmatik avtomat bilan kirib, öqituvçi va uç nafar sinfdoşiga bir neça marta öq uzgan hamda petarda portlatgan. Voqea joyiga yetib borgan politsiya va Rosgvardiya xodimlari 15 yoşli ösmirni qölga olgan.
Boşqirdiston rahbari Radiy Xabirovning malum qilişiça, hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq. Voqeaning barça holatlari aniqlanmoqda.