USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Trampni öldirmoqçi bölgan şaxs umrbodga qamaldi

83 марта

Trampni öldirmoqçi bölgan şaxs umrbodga qamaldi 

AQŞ sudi Prezident Donald Trampga suiqasd qilişga uriniş işi böyiça aybdor deb topilgan Rayan Rautni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

59 yoşli Raut 2025 yilning sentyabr oyida beş band böyiça aybdor deb topilgan. Ayblovlar orasida qotillikka suiqasd qilişga uriniş, öqotar qurolni noqonuniy saqlaş hamda qölga oliş vaqtida federal ofitser faoliyatiga tösqinlik qiliş bor. Sud jarayonida Raut özini özi himoya qilgan.

15 sentyabr kuni Maxfiy xizmat agentlari Tramp joylaşgan golf-klub hududidagi panjara yaqinida, butalar orasida yaşiringan va qölida miltiq bölgan erkakni payqagan. Raut birorta ham öq uzmasdan voqea joyidan qoçib ketgan. Bir oz vaqt ötgaç, u kuzatuv kameralari orqali aniqlanib, qölga olingan. Mazkur hodisani respublikaçi nomzodga suiqasd qilişga uriniş sifatida baholangan.

Raut suddan öziga 27 yil qamoq jazosi tayinlaşni söragan. Biroq, ayblov tomoni umrbod qamoq jazosini talab qilgan. Sud hujjatlarida prokurorlar Rautning jinoyatlari “şubhasiz umrbod qamoq jazosiga loyiq”, deb körsatgan. Ularning takidlaşiça, Raut qotillikni bir neça oy davomida rejalaştirgan, yölida kim uçrasa ham öldirişga tayyor bölgan va heç qanday puşaymonlik yoki afsus bildirmagan.

Rautning özi esa Trampni öldiriş niyati bölmaganini aytgan va şaxsiyat buzilişi bilan boğliq muammolar sababli qamoqda psixologik davolanişdan ötişga tayyor ekanini bildirgan. Şuningdek, u sudda yetarli darajada huquqiy himoya taminlay olmagani sababli sudyalar iş materiallari böyiça notöğri xulosaga kelgan bölişi mumkinligini takidlagan.

Trampga suiqasd qilişga urinişlar saylovoldi kampaniyasi davomida bir martalik hodisa bölmagan. Xususan, 13 iyul kuni Pensilvaniya ştatida bölib ötgan miting çoğida 20 yoşli Tomas Metyu Kruks qöşni binoning tomida yaşirinib, Trampga miltiqdan öq uzgan. U Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib taşlangan. Trampni ölimdan qutqarib qolgan holat şundan iborat ediki, öq uzilgan paytda u AQŞdagi noqonuniy migratsiya haqidagi malumotlar aks etgan ekranga qaraş uçun öng tomonga burilgan va öq faqat siyosatçining öng quloğini yengil jarohatlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: