Britaniya Erondagi vaziyat tufayli qiruvçi samolyotlarini Kiprga yubordi
7-02-2026, 21:22
209 марта

Britaniya Erondagi vaziyat tufayli qiruvçi samolyotlarini Kiprga yubordi
Buyuk Britaniya Eron atrofidagi keskin vaziyat tufayli xavfsizlikni kuçaytiriş maqsadida Kiprdagi Akrotiri aviabazasiga qiruvçi samolyotlar yubordi. Bu haqda The Times gazetasi xabar bermoqda.Maqolada aytilişiça, oltita F-35B Kiprda joylaşgan va Iroq hamda Suriya ustida vazifalarni bajarayotgan Typhoon samolyotlariga qöşiladi. Qiruvçi samolyotlar Angliyaning şarqidagi Marham bazasini allaqaçon tark etgan.
Hujum va qöriqlaş vazifalarida doimiy ravişda iştirok etadigan Typhoon’dan farqli ölaroq, F-35B aynan mudofaa vazifasi uçun jönatilgan. Yani Eron atrofidagi vaziyat keskin kuçaygan taqdirda kafolat sifatida xizmat qilişi közda tutilgan.
Şu fonda London yanvar oyida 12-sonli qöşma ingliz-qatar eskadrilyasidan törtta Typhoon’ni mintaqadagi vaziyat keskinlaşişidan xavotirga tuşgan Dohaning iltimosiga köra Qatarga yuborgan edi.