USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tojikiston TIV Rossiyada öldirilgan Qobiljon işi böyiça malumot berdi

74 марта

Tojikiston TIV Rossiyada öldirilgan Qobiljon işi böyiça malumot berdi 

Rossiya tomoni Tojikiston hukumatiga 2025 yilning dekabrida Rossiyada öldirilgan 10 yoşli tojik bolasi Qobiljon Aliyev işi böyiça tergov jarayoni haqida rasmiy malumot taqdim etdi va bu masala “alohida nazoratda” ekanini bildirdi. Bu haqda 6 fevral kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Tojikiston Taşqi işlar vaziri Sirojiddin Muhriddin malum qildi.


Rossiya Içki işlar vazirligi bergan malumotlarga köra, Moskva şahrida Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi tomonidan jinoyat işi qözğatilgan, jinoyatçi qölga olingan va unga oğirlaştiruvçi holatlarda qotillik hamda qotillikka suiqasd qiliş ayblovlari qöyilgan. Keyinçalik sud unga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olişni tanlagan.

Vazirning sözlariga köra, Rossiya tomoni tergovning keyingi natijalari haqida qöşimça ravişda malumot berilişini ham bildirgan.

Sirojiddin Muhriddin ön yoşli tojik bolasiga nisbatan sodir etilgan bu fojiani “butun xalqning dardi” deb atagan. U masala birinçi kundan boşlab mamlakat Prezidenti nazoratida ekanini, şuningdek, Taşqi işlar vazirligi ham bu işni öz nazoratiga olganini takidlagan.

Şu bilan birga, vazir Qobiljonning ota-onasi advokat bilan taminlanganmi yoki yöqmi, şuningdek, sud jarayoni qaçon boşlanişi haqida malumot bermagan. 

Rossiyadagi mehnat muhojirlari farzandlari va Tojikistonning boşqa fuqarolarini himoya qiliş masalasiga töxtalar ekan, Sirojiddin Muhriddin vazirlik Rossiya tomoni bilan doimiy aloqada ekani, Tojikiston va Rossiya tuzilmalari örtasida keng kölamli işlar olib borilayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, Rossiyada Tojikiston fuqarolari bilan boğliq har bir hodisa nazoratga olinadi va mamlakatning diplomatik vakolatxonalari hamda boşqa idoralari har bir fuqaroning huquqlarini himoya qiliş uçun zarur çoralarni köradi.

Şu bilan birga, vazir Rossiya juda katta mamlakat ekanini, har bir hudud va qişloqda Tojikiston fuqarolari yaşaşini, ularning barçasiga bir vaqtning özida yordam körsatiş har doim ham oson emasligini tan olgan. Şunga qaramay, Rossiya tomoni bilan özaro tuşuniş mavjudligini qayd etgan.
Uning takidlaşiça, vaqti-vaqti bilan yoqimsiz hodisalar yuz berib tursa-da, hukumatlar darajasida özaro anglaşuv saqlanib qolmoqda va hamkorlik davom ettiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: