USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ona ikki bolasini 5-qavat derazasidan uloqtirdi

1 393 марта

Ona ikki bolasini 5-qavat derazasidan uloqtirdi

Qozoğistonda ona öz farzandlarini beşinçi qavat derazasidan uloqtirib yubordi. Bu haqda bugun, 9 fevral kuni Jambil viloyati politsiya departamentiga tayanib, “NUR.KZ” xabar berdi.

Manbaga köra, fojiali hodisa Taraz şahrida sodir bölgan. 2021 va 2023 yillarda tuğilgan ikki nafar bola möjizaviy tarzda tirik qolgan, biroq ular oğir tan jarohatlari olgan. Şifokorlar bolalarda yopiq boş miya jarohati va miya şişi aniqlanganini bildirgan. 

Şuningdek, katta farzandda son suyagining siljişi ham qayd etilgan. Hozirda şifokorlar jabrlanganlarning hayotini saqlab qoliş uçun kuraşmoqda. Eng kiçik bemorda boş, kökrak qafasi va tos suyaklari böyiça kompyuter tomografiya tekşiruvlari ötkazilgan. Ularga zarur tibbiy muolajalar, jumladan, laparotsentez amaliyoti bajarilib, tegişli davolaş işlari boşlangan. Katta farzandda oyoq suyagi böyiça jarrohlik amaliyoti ötkazilişi kutilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan sudgaça tergov harakatlari boşlangan. Gumonlanuvçi ayol qölga olinib, vaqtinçalik saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan. Hozirda iş böyiça zarur tergov tadbirlari olib borilmoqda. Ayolning uşbu harakatiga nima sabab bölgani hozirça oçiqlanmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: