USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Çerkovdagi otişma: Turkiyada markaziy osiyoliklarga hukm öqildi

310 марта

Çerkovdagi otişma: Turkiyada markaziy osiyoliklarga hukm öqildi

Joriy yilning 6 fevral kuni Istanbul oğir jinoyatlar sudi Sariyer tumanidagi Santa-Mariya katolik çerkoviga uyuştirilgan terror hujumi böyiça ikki tojikistonlik va bir rossiyalikni har biri uçun ikki marta umrbod qamoq va qöşimça 143 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “T24” xabar berdi.

Istanbuldagi katolik çerkoviga hujum 2024 yil 28 yanvarda sodir bölgan edi. Niqobli ikki kişi ibodatxonaga bostirib kirib, odamlarga qarata öt oçgan va voqea joyidan qoçib ketgan. Oqibatda 52 yoşli Turkiya fuqarosi Tunjer Jihan halok bölgan. 
“Agar hujumçilardan birining quroli işlamay qolmaganida qurbonlar soni ança köp bölişi mumkin edi”, deydi çerkov ruhoniysi.

Tergov malumotlariga köra, hujum uçun masuliyatni “Islomiy davlat” (IŞID) terrorçilik taşkiloti öz zimmasiga olgan. Tekşiruv doirasida huquqni muhofaza qiliş organlari 60 dan ortiq odamni hibsga olgan. Hujumni bevosita amalga oşirganlar – tojikistonlik Amirjon Holikov va rossiyalik David Tanduyev bölgan. Ular bu işni “Adam Abu-Darrar al-Şişani” laqabli tojikistonlik Adam Hamirzayevning körsatmasi bilan qilgan.

Uçala şaxs ham Turkiya Jinoyat kodeksining “Konstitutsiyaviy tuzumni zöravonlik yöli bilan ağdarişga uriniş” va “qotillikni oğirlaştiruvçi şaroitlarda qasd qilib öldiriş” moddalarida aybdor deb topilib, har bir modda böyiça umrbod qamoqqa hukm qilingan. Bundan taşqari, sud ularga “oğirlaştiruvçi şaroitlarda qasd qilib öldirişga uriniş” böyiça 143 yil qamoq jazosi tayinlagan.
Yana beş tojikistonlik ham aybdor deb topildi
Tojikiston fuqarosi bölgan Şamşullo Rajabov, Alişer Rahimov, Farruh Soliyev, Abdulaziz Abdullayev va Rasul Ahmadjanov ham uşbu iş böyiça aybdor deb topilgan. Har biriga quyidagi jazolar tayinlangan:
Konstitutsiyaviy tuzumni zöravonlik yöli bilan ağdarişga uringanlik uçun — 15 yil;
Qotillikni oğirlaştiruvçi şaroitlarda yordam beriş va rağbatlantirganlik uçun — 15 yil;
Qasd qilib öldirişga urinişga yordam beriş va rağbatlantirganlik uçun — 71 yil 6 oy;
Oqibatda har biriga jami 101 yil 6 oy qamoq jazosi berilgan.

Yana ikki şaxs 6 yil 3 oyga qamaldi
Işdagi boşqa ikki şaxs – Isminali Mirzohonov va Edelxan Inajayev qurolli terror taşkilotiga azo bölganlik uçun har biri 6 yil 3 oy qamoq jazosiga hukm qilingan.

Şuningdek, barça mahkumlar IŞID terror taşkiloti azosi ekani malum bölgan, sud 31 nafar ayblanuvçini aybsiz deb topib, oqlagan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: