«Ukraina yutqazmayapti» – Saymon Şuster Zelenskiydan yana bir katta intervyu oldi
13-02-2026, 22:56
196 марта

Tramp uçun uruş tugaşining ahamiyati haqida
Şuster bilan suhbatda Zelenskiy şuni qayd etgan: Yevropada sönggi ön yilliklardagi eng qonli uruşga aylangan Ukrainadagi uruşning yakunlanişi Trampning tinçlikparvar siyosatçi sifatidagi obrösini mustahkamlaydi va 2026 yil noyabrida bölib ötadigan Kongressga oraliq saylovlar oldidan unga qöşimça siyosiy oçkolar taqdim etadi. «Ha, u ölimlar kamroq bölişini xohlaydi. Ammo kattalardek gapiradigan bölsak, bu uning uçun şunçaki ğalaba, siyosiy ğalaba», – degan Zelenskiy.
Frontdagi ahvol haqida
Aholisi Ukrainanikiga qaraganda uç baravar, yalpi içki mahsuloti esa ön baravar köp bölgan Rossiya uruşni uzoqroq çöza oladi. Şunga qaramay, Zelenskiy yomon bitim tuzişdan köra, umuman bitim tuzmaslikni afzal körişini aytmoqda. U «munosib va mustahkam» tinçlikka erişiş uçun zarur bölsa, kuraşni davom ettirişga tayyorligini bildirgan. «Ukraina yutqazayotgani yöq», – degan u Şuster Ukraina qurolli kuçlarining jang maydonidagi holatini baholaşni söraganida.
Donbass haqida
Oraliq saylovlar yaqinlaşarkan, Tramp Rossiya va Ukraina örtasidagi murakkab muzokaralar uning uçun siyosiy yutqiziqli iş degan qarorga kelişi va tomonlarni kelişişni istamaslikda ayblab, muzokaralarni tark etişi mumkin. Zelenskiy buni tuşungan holda amerikaliklarning takliflarini rad etmaslik («Ular bizni uruşni davom ettirişni xohlaydi, deb öylamasligi uçun») taktikasini qöllagan, şuningdek, özining Rossiyaga nisbatan qator talablaridan voz keçgan. Zelenskiyning ikki maslahatçisi Şusterga Ukraina Donbassni berişga rozi bölişi mumkinligini aytişgan.
Saylov va referendumlar haqida
Zelenskiy 2026 yil bahorida tinçlik kelişuvi şartlari böyiça referendum (u amalda hududlar boy berilganini legitimlaştiradi) ötkaziş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu jarayon prezidentlik saylovlariga qöşib yuborilişi mumkin: uning hisoblaşiça, bu ovoz berişdagi davomatni oşiradi va natijalarga etiroz bildiriş imkoniyatini qiyinlaştiradi.
Zelenskiyning sözlariga köra, Tramp buni qöllab-quvvatlagan bölsa-da, uruş davrida saylovlar ötkazilişi ğoyasi Moskvaga tegişli: «Çunki ular mendan qutulişni istaşadi».
Zelenskiy AQŞ saylovlarni 15 mayga qadar ötkazişni talab qilayotgani haqidagi malumotni tasdiqlamagan yoki rad etmagan. U saylovlarga tayyorligini bildirgan («Heç kim hokimiyatga yopişib olmagan»), ammo u yomon kelişuvni referendumga qöyişni istamaydi hamda öt oçiş töxtatilmagan va xavfsizlik kafolatlari berilmagan şaroitda ovoz beriş jarayoni ötkazişni xohlamaydi.

Aftidan, bu hozir Zelenskiy uçun asosiy muammo. Trampning vositaçi sifatidagi etiboridan mahrum böliş xavfiga qaramay, u özining asosiy şartini takrorlamoqda: AQŞ va Yevropa Ukrainani Rossiyaning kelajakdagi hujumlaridan himoya qilişini kafolatlaşi kerak, aks holda har qanday tinçlik kelişuvi befoyda. Ammo amerikaliklar hozirça nafaqat Ukraina xavfsizligi kafolatlari töğrisidagi şartnomani imzolamagan, balki uning asosiy parametrlarini ham kelişib olmagan. Hozirça Tramp vakillarining javoblari Zelenskiy qabul qilişi uçun juda «noaniq va mujmal». «Bularning barçasi yozma ravişda bayon etilişi kerak», – dedi u.
Yermakning Budanovga almaştirilişi haqida
Zelenskiy Andrey Yermakning prezident ofisi rahbari lavozimidan böşatilişiga izoh berarkan, bu qarorni korruptsiya mojarosi tufayli qabul qilganini tan olişdan boş tortgan. Qarorning «öz sabablari» bor edi, degan Ukraina prezidenti. Şusterning takidlaşiça, u savolni kesib, şu luqmani «ğöldiragan».
Ukraina prezidenti ofisining yangi rahbari Kirill Budanov özidan oldingi rahbarga qaraganda murosaga moyilroq – hatto nozik hududiy masalada ham. U prezident yordamçilari bilan Ukraina qurolli kuçlari Donbassning Kiyev nazorati ostidagi hududlaridan qanday çiqib ketişi mumkinligi haqida yiğiliş ötkazgan. «Ular haqiqatan ham topqirlik körsatişmoqda, odamlar buni qabul qiladigan yöllarni izlaşmoqda», – degan Şusterga uşbu yiğilişlar iştirokçisi.
Boy berilgan imkoniyat haqida
2022 yil oxirida Ukraina Xersonni qaytarib olganidan söng, AQŞ Kiyevni Moskva bilan muzokaralarni boşlaşga çaqirgandi. «Fursatdan foydalaning», – degandi Oq uyning boş harbiy maslahatçisi Mark Milli. Ammo Kiyev va Moskva örtasidagi tinçlik muzokaralari faqat 2025 yilda, Ukraina qurolli kuçlarining jang maydonidagi yutuqlari ortda qolgan, Rossiya armiyasi esa sekin, ammo töxtovsiz ravişda oldinga siljişni davom ettirayotgan şaroitda qayta tiklandi. Zelenskiy 2022 yil oxirida sulh tuziş imkoniyatidan foydalanmaganidan afsusdami? Şunday bölsa ham, u buni içida saqlaydi. «Biz heç qaçon uruşni töxtatişga qarşi bölmaganmiz. Aynan ruslar muloqotga tayyor emasliklarini körsatişdi», – deydi Ukraina rahbari.