Taşqi kuçlar Eronni içkaridan qulatmoqçi – Eron vitse-prezidenti
14-02-2026, 15:42
150 марта

Taşqi kuçlar Eronni içkaridan qulatmoqçi – Eron vitse-prezidenti
Eronga qarşi “taşqaridan bosim ötkaziş va içkaridan qulatiş” strategiyasi olib borilmoqda. Bu haqda keça, 13 fevral kuni mamlakat vitse-prezidenti hamda Atom energiyasi taşkiloti rahbari Muhammad Eslami Maşhad şahrida universitet talabalari bilan uçraşuvda söz oçdi.Uning aytişiça, duşmanlar siyosiy, iqtisodiy va axborot vositalari orqali Islom Respublikasiga nisbatan bosimni kuçaytirişga urinmoqda, biroq ölka öz taraqqiyot yölidan çekinmayapti.
Eslami Eronning ilmiy bilim va texnologik salohiyatga ega bölişi unga nisbatan adovat kuçayişiga sabab bölayotganini takidlagan. Unga köra, Islom inqilobining eng muhim xususiyati mustaqillik va heç kimga taslim bölmaslik tamoyilidir. Bu yönaliş marhum Ruhulloh Xumayniy tomonidan belgilab berilgan bölib, hozirda Oliy rahbar Ali Xomanaiy davom ettirmoqda.
Rasmiy Eronning strategik-geosiyosiy joylaşuvi, boy neft-gaz zaxiralari, foydali qazilmalari va malakali inson resurslari sababli yirik davlatlar etibor markazida bölib kelayotganini qayd etgan. 1979 yilgi inqilobdan söng xorijiy kuçlar mamlakatni tark etgan bölsada, ular iqtisodiy va siyosiy tasirni qayta tiklaşga urinmoqda.
“Eron yadro quroli yaratiş niyatida emas. 2015 yilda imzolangan Qöşma harakatlar keng qamrovli rejasi doirasida Eron öz majburiyatlarini bajardi. Biroq, AQŞ Prezidenti Donald Tramp davrida bitimdan çiqildi va iqtisodiy sanktsiyalar kuçaytirildi”, degan mulozim.