Qamçibek Taşiyevning jiyani ham işdan olindi
15-02-2026, 13:08
550 марта

Qamçibek Taşiyevning jiyani ham işdan olindi
Matisakov muqaddam prokuratura organlarida bir qator lavozimlarda işlagan, jumladan, Çuy viloyatining Özgan, Jayil va Issiq-ota tumanlari prokurori bölgan. Uning akasi Boyğozi Matisakov esa Bay Company va Bay-Taş Company boş direktori, 2021-yildan beri Jalolobod neftni qayta işlaş zavodi boş direktori hisoblanadi.
10 fevral kuni Qamçibek Taşiyev Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Tegişli farmonni respublika prezidenti Sadir Japarov imzoladi.
Japarovning matbuot kotibi malum qilişiça, Taşiyevning yaqin atrofidagi odamlar göyoki deputatlarga qönğiroq qilib, ularni “general tomoniga ötiş” va “yangi prezidentlik saylovlarini boşlaş”ga çaqirgan. Qamçibek Taşiyev lavozimidan olinişidan oldin 75 nafar şaxs Sadir Japarovdam muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini ötkazişni söragan edi.
Murojaat mualliflari keyinçalik qölga olinib, ayrimlariga jinoiy iş oçilgan. Qamçibek Taşiyev işdan olinganida xorijda davolanayotgan edi. U öz isteʻfosini “kutilmagan qaror” dub atagan. Qirğiziston prezidenti esa bu ularning döstligiga taʻsir qilmasligini aytgan va isteʻfoni quyidagiça izohlagan:
Hammasi Jöqorği Keneşda boşlandi. Alohida deputatlik guruhlari deputatlarni çaqirib, “Sen biz tomondamisan yoki u tomondamisan?” degan savol bilan murojaat qilgan. “Xöş, biz tomondagilar kim-u, u tomondagilar kim?” deb söragan deputatlarga “Biz tomondagilar general tomondagilar”, deb pogonlarini körsatgan, “u tomondagilar prezident tomondagilar” deb javob berişgan. Şu tarzda iş olib borilgan.
Şundan söng böliniş köçadagi “oqsoqollar”ga ham ötdi. Ular muddatidan oldin saylov ötkaziş uçun imzo töplay boşladi. Agar men öz vaqtida bunday keskin qadamlarni qöymaganimda, bu oddiy fuqarolarga ötib ketişi va xalq ham ikkiga bölina boşlaşi mumkin edi. Çunki deputatlar va ayrim davlat xizmatçilarini “general” bilan qörqitiş faktlari bor edi. Ularga: “Agar biz tomonga ötmasang, general bilan yuzlaşasan”, deyişardi. Şuning uçun ham şunday qarorga kelişimga töğri keldi, deya qarorini izohlagan Sadir Japarov.