“Post-amerika asri” boşlandimi?
17-02-2026, 13:23
52 марта

“Post-amerika asri” boşlandimi?
Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi bu yil AQŞ va Yevropa örtasidagi işonç inqirozini oçiq namoyiş etmoqda. Demokratlar ham, yevropalik yetakçilar ham “Trampdan keyin nima böladi?” degan savolga aniq javob bera olmayapti. Bu haqda CNN yozdi.Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom Yevropada AQŞ işonçliligiga jiddiy putur yetganini tan olgan. Uning aytişiça, köplab yevropalik rahbarlar transatlantik ittifoq (AQŞ–Evropa siyosiy va harbiy hamkorligi) endi avvalgi holatiga qaytmasligiga işonmoqda.
Germaniya kantsleri Fridrix Merts esa oçiqçasiga “AQŞning yetakçilik davosi şubha ostida, balki yöqolgandir”, deya fikr bildirgan. Yetakçi Frantsiya bilan Yevropaning yadroviy töxtatuv kuçi masalasida maxfiy muzokaralar ötkazilganini ham malum qilgan. Bu esa Vaşingtonga töliq işonç qolmaganini anglatadi.
Konferentsiyada qatnaşgan köplab demokrat siyosatçilar 2028 yilgi prezidentlik poygasiga davogar sifatida körilmoqda. Ular orasida Nyu-York vakili Aleksandriya Okasio-Kortes ham bor edi. U Tayvan masalasiga oid savolga aniq javob bera olmay, tanqidga uçragan. Arizona senatori Mark Kelli esa, hatto AQŞ munosabatlarni tiklasa ham, Yevropa işonçini qayta qozoniş uçun asrlar kerak bölişi mumkinligini aytgan.
Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson kongress delegatsiyasi safarini bekor qilgani sababli, köplab demokratlar Myunxenga bora olmagan. Bu ham içki siyosiy bölinişlar taşqi maydonga köçganini körsatgan.
“Post-amerika asri” boşlanyaptimi?
AQŞ davlat kotibi Marso Rubio nisbatan murosali nutq sözlagan bölsa-da, safar boşida “eski dunyo tugadi” degan bayonoti Yevropada xavotir uyğotdi. Respublikaçi senator Lindsey Graham esa Eron masalasida qatiy çoralar körilmasa, mamlakatga işonç butunlay yöqolişini aytgan.
Yevropa yetakçilari endi Trampning birinçi muddati “istisno” bölgan, degan qaraşdan voz keçgan. Uning qayta saylanişi bu yönaliş tasodif emasligini isbotlagan.
Demokratlar Qöşma Ştatlar içida siyosiy oçkolar yiğayotgan bir paytda, taşqi maydonda “erkin dunyo yetakçisi” maqomi söroq ostida qolmoqda. Agar Vaşington öz rolini qayta tiklay olmasa, Yevropa öz xavfsizlik arxitekturasini mustaqil şakllantiradimi?! Myunxendagi muhokamalar şuni körsatdiki, transatlantik ittifoq öz tarixidagi eng noaniq bosqiçga kirgan