USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

15 mamlakat Navalniyning ölimi yuzasidan Rossiyani tergov ötkazişga çaqirdi

208 марта

15 mamlakat Navalniyning ölimi yuzasidan Rossiyani tergov ötkazişga çaqirdi

Dunyoning 15 davlati rossiyalik marhum muxolifatçi Aleksey Navalniyning ölimi yuzasidan çuqur va şaffof tergov ötkazişga çaqirdi. Bu haqdagi bayonot siyosatçi vafot etganining ikki yilligi munosabati bilan keça, 16 fevral kuni elon qilindi.

Unda Navalniy ölimi uçun töliq javobgarlik Rossiya hokimiyati zimmasida ekani takidlanib, uning oilasiga hamdardlik bildirilgan.
Hujjat mualliflari Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi qarorlariga tayanib, Rossiya Navalniyga nisbatan qamoqda insoniylikka zid va qadr-qimmatni kamsituvçi munosabatda bölgani, şuningdek, uning murojaatlariga munosib javob bermagani uçun masul ekanini qayd etgan.

Navalniy ölimining ikki yilligi arafasida Buyuk Britaniya, Şvetsiya, Frantsiya, Germaniya va Niderlandiya mutaxassislari mustaqil tahlillar natijasida u katta ehtimol bilan epibatidin nomli noyob zahar tasiridan vafot etgan bölişi mumkin, degan xulosaga kelgan. Aytilişiça, siyosatçining qarindoşlari uning biologik namunalarini Yevropaga olib çiqqan va tekşiruv şu asosda ötkazilgan.
Kreml bu ayblovlarni asossiz va bir yoqlama deb atab, qatiy rad etgan. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ayblovlar haqiqatga töğri kelmasligini bildirgan.

Şuningdek, 15 davlat Rossiyada inson huquqlari bilan boğliq vaziyat yomonlaşayotganidan jiddiy xavotir bildirgan. Bayonotda huquq himoyaçilari, jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga nisbatan taqiblar kuçaygani takidlangan. Malumotlarga köra, Rossiyada siyosiy sabablar bilan 1700 dan ortiq kişi hibsda saqlanmoqda.
Qöşma bayonotni Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Çexiya, Daniya, Kanada, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Şvetsiya, Yangi Zelandiya, Polşa, Finlyandiya va Estoniya imzolagan. Ular Rossiya hukumatini xalqaro majburiyatlarini töliq bajarişga va barça siyosiy mahbuslarni ozod qilişga çaqirgan.

Malumot uçun, Aleksey Navalniy – rossiyalik siyosatçi, huquqşunos va muxolifat yetakçilaridan biri edi. U 1976 yil 4 iyunda tuğilgan, 2024 yil 16 fevralda Rossiyadagi jazo koloniyasida vafot etgan.

Navalniy Rossiyada korruptsiyaga qarşi faoliyati bilan tanilgan. U 2011 yilda Korruptsiyaga qarşi kuraş jamğarmasini taşkil etgan va yuqori lavozimli amaldorlar haqida suriştiruv videolari tayyorlab, internet orqali elon qilib borgan. Uning çiqişlari Rossiya hukumati va ayniqsa, Prezident Vladimir Putin siyosatiga tanqidiy munosabat bilan ajralib turgan.
Navalniy bir neça marta hibsga olingan. 2020 yilda u zaharlangan va davolaniş uçun Germaniyaga olib ketilgan. Keyinçalik Rossiyaga qaytganidan söng yana qölga olinib, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan.
U xalqaro miqyosda Rossiya muxolifatining asosiy timsollaridan biri sifatida körilgan. Uning faoliyati va ölimi xalqaro jamoatçilikda katta bahs va munosabatlarga sabab bölgan.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: