USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞda 30 dan ortiq maşina avtohalokatga uçradi. Qurbonlar bor

197 марта

AQŞda 30 dan ortiq maşina avtohalokatga uçradi. Qurbonlar bor

Joriy yilning 17 fevral kuni AQŞning Kolorado ştatida kuçli şamol oqibatida 30 dan ortiq avtomobil iştirokida yirik yöl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda ştat politsiyasiga tayanib, “The New York Post” naşri xabar berdi.

Naşrning yozişiça, ommaviy YTH Pueblo yaqinidagi federal avtomagistralda sodir bölgan. Halokatga bir neçta yuk maşinalari, hayvon taşiş uçun möljallangan tirkamali pikaplar va yengil avtomobillar qöşilgan.

Kolorado ştati yöl-patrul xizmati mayori Brayan Layonsning sözlariga köra, turli transport vositalarida bölgan 4 kişining halok bölgani tasdiqlangan. Yana kamida 29 kişi turli darajadagi tan jarohatlari bilan mahalliy şifoxonalarga yetkazilgan.

Qayd etilişiça, 30 ta avtomobil töqnaşuvi noqulay ob-havo şaroitida, jumladan, kuçli şamol tufayli yuz bergan. Şamol çang-tözon kötarib, harakatlaniş uçun xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan hamda yölning ayrim qismlarida elektr taminotining qisman uzilişiga sabab bölgan.

“Köriş darajasi deyarli nolga teng edi”, deydi Layons.

Avtomobillardan birida 32 ta eçki ortilgan tirkama ham bölgan: ulardan 4 tasi nobud bölgan, qolganlari esa xavfsiz evakuatsiya qilingan. Hozirda ommaviy YTH yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, hodisa tafsilotlari örganilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: