86 yoşli Eron Oliy rahbari kuçli bosim ostida qoldi
21-02-2026, 08:22
498 марта

86 yoşli Eron Oliy rahbari kuçli bosim ostida qoldi
Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari, 86 yoşli Ali Homanaiy özining 36 yillik boşqaruvi davridagi eng jiddiy inqiroz bilan yuzma-yuz turibdi. AQŞning ehtimoliy havo zarbalari tahdidi kuçayar ekan, Tehron vakillari vaziyatni diplomatik muzokaralar orqali yumşatişga urinmoqda. Bu haqda “Reuters” yozdi.Mamlakat içkarisida sanktsiyalar tufayli oğir zarba olgan iqtisodiyot, ijtimoiy norozilik va qonli bostirilgan namoyişlar fonida siyosiy keskinlik kuçaygan. Yanvar oyidagi ommaviy çiqişlar xavfsizlik kuçlari tomonidan qatiy çoralar bilan töxtatilgan. Ötgan yili Isroil va AQŞ zarbalari Eronning yadroviy va raketa obektlariga jiddiy talafot yetkazgan edi.
2023 yil 7 oktyabr kuni Eron qöllovidagi HAMASning Isroilga hujumi ortidan boşlangan Ğazo uruşi Tehronning mintaqaviy tasirini susaytirgan. Livandagi “Hizbulloh” zaiflaşgan, Suriyada esa Başar Assad hokimiyatdan ağdarilgan. Oqibatda Homanaiyning Yaqin Şarqdagi tayançlari kamaygan.
Vaşington Tehrondan ballistik raketalar arsenalidan voz keçişni talab qilmoqda. Eron esa buni Isroil tahdidiga qarşi sönggi tiyuvçi vosita deb biladi va bu masalani muhokama qilişdan boş tortmoqda. Yadro dasturi borasida ayrim yon berişlarga işora qilingan bölsada, Ğarb va Isroil uni potentsial qurol dasturi sifatida baholamoqda.
Trampning Eronni yana bombardimon qiliş haqidagi bayonotlari vaziyatni yanada keskinlaştirgan. 2015 yildagi yadroviy kelişuvdan AQŞning çiqişi va sanktsiyalarning tiklanişi Tehron iqtisodiyotini oğir ahvolga solgan. Öşa bitimni Ali Homanaiy “qahramonona moslaşuvçanlik” tamoyili asosida maqullagan edi.
1989 yildan beri hokimiyat tepasida turgan Homanaiy davlat tizimi, armiya va sud hokimiyati ustidan yakka nazoratni saqlab keladi. U köp bor içki noroziliklarni Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IRGC) va “Basij” köngillilar kuçlari yordamida bostirgan.
Tahlilçilarga köra, inqilob, uruş va siyosiy bosimlar şaroitida şakllangan asosiy maqsad — Islom Respublikasi tuzumini har qanday narx evaziga saqlab qoliş. Biroq kuçayib borayotgan taşqi tahdid va içki bosim uning siyosiy merosi hamda mintaqa kelajagini belgilab berişi mumkin.