Koreya NATOning Ukrainaga qurol yetkazib beriş dasturiga qöşilişi mumkin
21-02-2026, 18:31
126 марта

Koreya NATOning Ukrainaga qurol yetkazib beriş dasturiga qöşilişi mumkin
Janubiy Koreya Ukrainaga turli yordam körsatiş imkoniyatlarini körib çiqmoqda, şu jumladan Kiyevga qurol yetkazib beriş böyiça NATO taşabbusi – Prioritized Ukraine Requirements List (PURL) dasturiga qöşilişni ham körib çiqmoqda. Bu haqda diplomatik manbaga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.Prioritized Ukraine Requirements List (Ukrainaning afzal talablar röyxati) dasturi NATO tomonidan 2025 yil iyulda işga tuşirilgan. Bu taşabbus AQŞ Prezidenti Donald Tramp Kiyevga töğridan töğri yordamni qisqartirar ekan, paydo bölgan. PURL orqali hamkor mamlakatlar AQŞda işlab çiqarilgan muhim qurol-yaroğ va jihozlarni sotib olişni moliyalaştirişi mumkin. Moliyalaştiriş maxsus NATO jamğarmasi orqali muvofiqlaştiriladi. Xususan, uşbu mexanizm orqali Kiyev Patriot tizimlari uçun zenit raketa oladi.
Janubiy Koreya Taşqi işlar vazirligiga köra, hatto ijobiy qaror qabul qilinsa ham Seul hissasi uçmas qurol-aslahalar bilan çeklanadi.
Bungaça NATOga azosi bölmagan Yaponiya ham PURL dasturiga qöşilişini elon qilgan. NHK manbalariga köra, Tokio Ukraina uçun radiolokatsiya tizimlari va zirhli kiyimlar xarid qiladi. NATO bu qadamni “muxim rivojlaniş” deb baholagan. Şuningdek, dasturda Avstraliya va Yangi Zelandiya ham iştirok etmoqda, ular ham Şimoliy Atlantika alyansiga kirmaydi.