Pekin-Berlin yangi beş yillikda “bir tan-u bir jon” bölmoqçi
26-02-2026, 08:04
93 марта

Pekin-Berlin yangi beş yillikda “bir tan-u bir jon” bölmoqçi
Xitoy Boş vaziri Li Tsyan Pekinda Germaniya kantsleri Fridrix Merts bilan muzokaralar çoğida ikki davlat örtasidagi iqtisodiy şeriklik yangi bosqiçga çiqişini malum qildi. Pekinda 15-beş yillik dastur boşlanayotgan bir paytda savdo va investitsiya sohasidagi imkoniyatlar kengayişi kutilmoqda. Bu haqda “Sinxua” yozdi.Uçraşuvda ananaviy tarmoqlar – avtomobilsozlik va kimyo sanoati bilan çeklanib qolmasdan, suniy intellekt va biofarmatsevtika kabi yuqori texnologiyali yönalişlarga urğu berilgan. Pekin nemis mahsulotlari importini oşirişga tayyorligini bildirgan, şu bilan birga XXR kompaniyalari uçun GFRda barqaror va adolatli iş muhiti muhim ekanini oçiq aytgan. Ilmiy tadqiqot, kadrlar tayyorlaş va innovatsiya natijalarini bozorga çiqariş masalalari ham kun tartibidan joy olgan.
Berlin ham iqtisodiy aloqalarni muvozanatli va uzoq muddatli asosda rivojlantiriş tarafdori. Merts yaşil iqtisodiyot va iqlim özgarişiga qarşi kuraşni ustuvor yönaliş sifatida tilga olgan. Germaniya Yevropa Ittifoqidagi örnini hisobga olgan holda, Bryussel–Pekin munosabatlariga ijobiy tasir körsatişga tayyorligini qayd etgan.
Muzokaralar yakunlari yaşil transformatsiya, bojxona, sport va media sohalaridagi kelişuvlar bilan mustahkamlangan. Xitoy rahbari Si Tszinpin esa global vaziyat keskinlaşgan şaroitda strategik işonç va oçiq muloqot har qaçongidan muhimroq ekanini urğulagan. Uning fikriça, Pekin va Berlin işonçli şerik, innovatsion hamkor va madaniy yaqinlaşuv tarafdori sifatida harakat qilsa, ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqiçga kötariladi.