USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Trampning xotini BMT yiğilişida raislik qiladi

130 марта

Trampning xotini BMT yiğilişida raislik qiladi

AQŞning birinçi xonimi Melaniya Tramp 2 mart kuni BMT Xavfsizlik Kengaşi yiğilişiga raislik qiladi. Uşbu sanadan etiboran bir oy davomida AQŞ mazkur kengaşga raislik qiladi. Bu haqda AQŞning BMTdagi vakolatxonasi X ijtimoiy tarmoğida malum qildi.

Qayd etilişiça, Melaniya Tramp AQŞ nomidan Kengaş yiğilişini boşqarib, talimning tinçlikni mustahkamlaşdagi örniga etibor qaratadi. Şu tariqa u BMT tarixida Xavfsizlik kengaşiga raislik qilgan ilk amaldagi AQŞ Prezidentining turmuş örtoği böladi.

Yiğiliş talim, texnologiyalar, tinçlik va xavfsizlik masalalariga bağişlanadi.
Şuningdek, Melaniya Tramp AQŞda rasmiy davlat lavozimiga ega emas. Biroq Xavfsizlik kengaşida raislik qilayotgan davlat aniq bir yiğilişni kim boşqarişini mustaqil ravişda belgilaşi mumkin.
BMT Boş kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik bu holat birinçi marta yuz berayotganini tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, ilgari davlat rahbarlarining turmuş örtoqlari kengaş yiğilişlarida iştirok etgan, ammo raislik qilmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: