“Sönggi jang”. Pahlaviy Eron xalqiga murojaat yölladi
28-02-2026, 13:42
662 марта

“Sönggi jang”. Pahlaviy Eron xalqiga murojaat yölladi
Eron sobiq valiahd şahzodasi Rizo Pahlaviy Eron xalqiga murojaat qilib, mamlakat uçun hal qiluvçi lahzalar kelganini takidladi.“Hurmatli vatandoşlar, biz hal qiluvçi palladamiz. Qöşma Ştatlar Prezidenti Eronning jasur xalqiga vada qilgan yordam endi yetib keldi. Bu gumanitar aralaşuv va uning maqsadi buyuk Eron mamlakati va xalqi emas, balki zulm apparati va öldiriş maşinasi bölgan Islom Respublikasidir”, degan Pahlaviy.
Şuningdek, u bu sönggi jang ekanini va unfda Eron xalqi Islom Respublikasi tuzumi ustidan ğalaba qozonişini takidlagan.
“Biroq bu yordam kelganiga qaramay, oxirgi ğalaba baribir bizniki böladi. Bu oxirgi jangni biz – Eron xalqi yakunlaymiz. Köçalarga qaytiş vaqti yaqinlaşdi”, degan u.
Bundan taşqari, Pahlaviy mamlakat harbiylariga qasamyodini eslatgan.
“Endi, Islom Respublikasi qulagan bir paytda, mamlakat harbiylari, politsiyasi va xavfsizlik xizmatlariga mening xabarim aniq: siz Islom Respublikasi va uning rahbarlarini emas, balki Eron va Eron xalqini himoya qilişga qasamyod qildingiz. Sizning burçingiz xalqni himoya qilişdir, vatanimizni zulm va jinoyat orqali garovga olgan rejimni emas. Xalqqa qöşiling va barqaror va xavfsiz ötişni taminlaşga yordam bering. Aks holda, siz Xomanaiy va uning rejimining buzilgan kemasi bilan birga çökib ketasiz”, degan Pahlaviy öz murojaatida.