Özbekiston Yaqin Şarqdagi vaziyatdan jiddiy xavotir bildirdi
28-02-2026, 22:22
85 марта

Özbekiston Yaqin Şarqdagi vaziyatdan jiddiy xavotir bildirdi
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Yaqin Şarqdagi vaziyatning keskin ravişda taranglaşuvi va keng mintaqada yangi ziddiyatli holat yuzaga kelganidan jiddiy xavotirda. Bu haqda vazirlik bayonot berdi.“Barça tomonlarni vazminlikka davat etib, nafaqat harbiy-siyosiy, balki gumanitar jihatdan oldindan körib bölmaydigan oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan xavfli keskinlaşuvga sabab böladigan keyingi qadamlardan tiyilişga çaqiramiz.Şuningdek, Özbekiston Respublikasi mintaqaviy barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlaşning izçil tarafdori va vaziyat eng tez fursatlarda normallaşuvidan umidvor bölib qolişi bildirilgan.
Vujudga kelgan inqirozni xalqaro huquq normalari asosida, siyosiy-diplomatik vositalar orqali va özaro maqbul muloqot yöli bilan hal etiş maqsadga muvofiq ekanini takidlaymiz”, deyiladi bayonotda.