Britaniya Qatarga qiruvçi samolyotlar jönatmoqda
5-03-2026, 23:00
61 марта

Britaniya Qatarga qiruvçi samolyotlar jönatmoqda
Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer mamlakat Qatarga törtta qiruvçi samolyot yuborişini malum qildi. Uning aytişiça, bu qaror mintaqada xavfsizlikni mustahkamlaş va mudofaa operatsiyalarini kuçaytiriş maqsadida qabul qilingan. Ayni paytda AQŞ va Isroilning Eronga qarşi zarbalari davom etmoqda. Bu haqda “BBC” xabar berdi.Starmer şuningdek, Britaniya fuqarolarini Yaqin Şarqdan olib çiqiş böyiça birinçi evakuatsiya reysi yölga çiqqanini tasdiqlagan. Rasmiy malumotlarga köra, hozirgaça 4 ming nafar britaniyalik vataniga qaytgan. Biroq mintaqada 140 mingga yaqin Britaniya fuqarosi borligi hisobga olinsa, bu hali juda kiçik uluş ekani takidlanmoqda.
Boş vazir şu bilan birga Qirollikning Eronga qarşi ilk harbiy zarbalarda iştirok etmaganini ham izohlagan. U AQŞ samolyotlariga mamlakat bazalaridan foydalanişga ruxsat bermagan qarorini himoya qilib, “mening asosiy vazifam — vazmin va xotirjam rahbarlikni taminlaş”, deya urğulagan.