USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron Hörmuz böğozida «tankerlar uruşi»ni boşladi

305 марта
Eron Hörmuz böğozida «tankerlar uruşi»ni boşladi

Eron jahon neft bozori uçun muhim bölgan uşbu suv yölini yopib, neft taşuvçi tankerlarga qarşi uruş boşladi. U jahon bozorlarida vahima keltirib çiqarişga va AQŞni çekinişga majbur qilişga harakat etmoqda – garçi bu dengiz yölini tösib qöyiş uning özi uçun mutlaqo foydali bölmasa ham.
Foto: AFP/Getty Images

«Tankerlar uruşi» - 1980-yillardagi Eron-Iroq mojarosining frontlaridan biri şunday nomlangan edi. Tomonlar Fors körfazidagi yuk kemalariga (asosan, neft ortilgan tankerlarga) hujum qilib, duşman va uning hamkorlari savdosiga zarar yetkazişga harakat qildi. Şu vaqtda 500 dan ortiq kema şikastlangandi, 400 nafardan ortiq dengizçi halok böldi. «Tankerlar uruşi» jahon neft taminotiga tahdid soldi va NATO davlatlarini Fors körfazida savdo kemalarini kuzatib boriş uçun harbiy konvoylarni taşkil etişga majbur qildi.

28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga zarba berganidan söng, u bunga javoban öz qirğoqlari yaqinidagi savdo kemalariga hujum qila boşlagaç, köpçilik yana «tankerlar uruşi» tahdidi haqida gapira boşladi. Aftidan, u allaqaçon boşlandi va qança davom etişi nomalum. Eron-Iroq «tankerlar uruşi»ning faol bosqiçi tört yil davom etgan edi. Financial Times gazetasi şunga öxşaş yangi mojaro tahdidini tahlil qildi.


Foto: ABC News

AQŞ va Eron örtasidagi munosabatlarning keskinlaşuvi fonida, agar mojaro yuzaga kelsa, Eron Fors körfazini Ummon körfazi va undan keyin oçiq okean bilan boğlaydigan Hörmuz böğozini tösib qöyadi, degan xavotirlar tez-tez yangragan edi. Bu Yaqin Şarqdan xomaşyo taminoti yölining eng muhim qismidir: u orqali jahon xom neft savdosining qariyb 35 foizi va suyultirilgan tabiiy gazning qariyb 20 foizi taşiladi.


28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga zarba berişni boşlaganida, Eron hukumati Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) Hörmuz böğozidan ötayotgan kemalarga hujum qilişidan ogohlantirdi. Keyingi kunlarda kamida sakkizta tankerga hujum qilindi, kamida ikki kişi halok böldi. Bu esa böğoz orqali kema qatnovining deyarli butunlay töxtaşiga, jahon bozorida neft va gaz narxining oşişiga olib keldi. AQŞ 1980-yillardagi kabi yana harbiy konvoylarni böğozga qaytarişga majbur böldi.

Ammo harbiy ekspertlar Financial Times’ga savdo kemalarini kuzatib boriş uçun zarur bölgan esminetslar va qiruvçi samolyotlar yetişmasligini aytdi, çunki ular Eronga hujumlarda iştirok etmoqda. Dengiz xavfsizligi va harbiy-dengiz strategiyasi böyiça amerikalik tahlilçi Joşua Tallisning fikriça, AQŞ harbiy-dengiz kuçlari «keyingi yetti-ön kun içida» savdo kemalarini himoya qila olişi dargumon. Çunki oldin Eronning kemaga qarşi mudofaa vositalari yöq qilinişi kerak.

Tankerlarni kuzatib boriş operatsiyasi «murakkab, ammo imkonsiz emas», deb hisoblaydi AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari aviataşuvçi zarba guruhi sobiq qömondoni Mark Montgomeri. Buni taşkil etiş vaqt talab qiladi («şart-şaroitlar qulay bölgunça ikki haftagaça») va AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Eronga zarba berişdagi iştirokini qisqartiradi, deb hisoblaydi Montgomeri. Hozir AQŞ armiyasi Eron flotiga faol hujum qilmoqda. AQŞ Qurolli kuçlari markaziy qömondonligi malumotlariga köra, 28 fevraldan beri kamida 17 ta kema çöktirilgan.

Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy-dengiz operatsiyalari uçun masul bölgan beşinçi flotning sobiq qömondoni Jon Millerning takidlaşiça, AQŞ mintaqada harbiy konvoylarni taşkil etiş uçun kemalari yetarli. Biroq bu kemalar Eronning kemalarga qarşi raketalari, suv osti kemalari, tezyurar katerlari, minalari va dronlari bilan kuraşişiga töğri keladi. Ayniqsa, suv usti dronlari xavfli bölişi mumkin. Ular kema korpusiga suv yuzasida zarba beradi, bu esa maşina bölimining suv bosişiga olib keladi, dedi EOS Risk guruhining dengiz tahlili böyiça mutaxassisi Martin Kelli.


Markaziy razvedka boşqarmasining sobiq tahlilçisi Jim Lempsonning hisob-kitoblariga köra, Eronda minglab kemaga qarşi raketalar va ular uçun yuzlab uçiriş moslamalari mavjud. Şuningdek, Tehronda Rossiyaning kiçik suvosti kemalari floti va Şimoliy Koreyaning nomalum miqdordagi kiçik suvosti kemalari mavjud. Bundan taşqari, u dunyodagi eng katta suvosti minalari zaxiralariga ega. Hozirgi mojaroda ular hali qöllanilmagan, ammo Hörmuz böğozidagi minalar haqida har qanday işonçli xabar paydo bölsa, u yerdan ötadigan kemalarining dengiz suğurtasi va fraxt stavkalari yanada oşişi mumkin. 28 fevraldan keyin ular allaqaçon 4-12 baravarga oşdi.


Bir tomondan, jahon dengiz transporti va energiya bozorlaridagi vahimalar iqtisodiy va diplomatik omillar bosimi ostida AQŞ va Isroilni uruşni töxtatişga majburlamoqçi bölgan Eronga qöl kelmoqda: Tehronning fikriga köra, energiya tranziti uçun asosan, bazan esa faqatgina Hörmuz böğoziga tayanadigan Fors körfazi mamlakatlari Vaşingtonni jangovar harakatlarni töxtatişga majbur qilişi kerak.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: