USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Vaşington Eronning keyingi rahbarini tanlamoqçi

241 марта

Vaşington Eronning keyingi rahbarini tanlamoqçi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eronda yangi rahbarni tanlaş jarayonida Vaşington ham iştirok etişi kerakligini bildirişi xalqaro bahslarga sabab böldi. Uning aytişiça, mamlakatdagi hokimiyat almaşuvi “maqbul va kuçli rahbar” kelişi bilan yakunlanişi lozim.

Biroq bunday stsenariy Erondagi diniy-siyosiy tizim uçun deyarli qabul qilib bölmaydigan ğoya hisoblanadi. Islom respublikasi tuzumi AQŞga nisbatan çuqur işonçsizlik va tarixiy adovat asosida şakllangan. Eron elitalari orasida turli siyosiy qanotlar — islohotçilar, pragmatiklar va qattiqqöllar mavjud bölsa-da, ularni birlaştirib turgan asosiy maqsad — amaldagi tizimni saqlab qoliş.

Vaşingtondagi bayonotlarda yangi rahbar “şartsiz taslim böliş”dan keyin tanlanişi mumkinligi aytilgan. Ammo hozirça bunday holatning alomatlari yöq. Kuzatuvçilar bu pozitsiya rejimni töliq almaştirişdan köra, uning yönalişini özgartirişga qaratilganini takidlamoqda.

Eronda rahbar tanlaş jarayoni odatda yopiq tarzda ötadi. Bu qarorni 88 nafar nufuzli ruhoniydan iborat Ekspertlar kengaşi qabul qiladi. Hozir esa mamlakatdagi harbiy vaziyat sabab jarayon haqida turli taxminlar tarqalmoqda.

Ayrim malumotlarga köra, marhum oliy rahbar Ali Xomanaiyning öğli Mujtabo Xomanaiy yetakçi sifatida tilga olinmoqda. Biroq Vaşington bu nomzodni qabul qilmasligini oçiq bildirgan.

Tehron esa taşqi aralaşuv haqidagi bayonotlarga keskin javob qaytardi. Rasmiylar mamlakat taqdiri faqat Eron xalqining qarori bilan belgilanişini takidlab, har qanday taşqi tasirni rad etmoqda.
Kuzatuvçilar fikriça, hozirgi vaziyatda Eronda yakka rahbar örniga vaqtinça boşqaruv kengaşi şakllanişi ham mumkin. Çunki mamlakatdagi siyosiy tizimda asosiy tasir markazi sifatida Islom inqilobi muhofizlari korpusi tobora kuçayib bormoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: