USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

U yerda men ham bor edim!

392 марта

U yerda men ham bor edim!

“Uruş — bu dunyodagi eng katta va eng şafqatsiz bemanilikdir. Uni boşlaganlar, birinçi kuniyoq öz farzandlarining jasadini körganlarida edi, uruş darhol töxtagan bölardi.”
(Ernest Xeminguey)
U yerda men ham bor edim. Bahor eşik qoqib turgan sururbaxş kunlar edi. Quyoş yanada çaraqlab bor saxiyligini ulaşar, undan minnatdor daraxtlar, kökalam öt-ölanlar quloçini keng yoyib, çuqur-çuqur nafas olişayotgan, tuproq-zamin ham ötgan yildan qolgan çangu ğuborlarini quyoş taftida eritib, bahoriy epkin bilan artib tozalab, qayta tuğilmoq uçun köpçib tayyorgarlik körayotgan ajib pallalar edi. Quşlarni aytmaysizmi, moviy osmonda suzib yurgan pağa bulutlardan uçib tuşayotgandek ozod va baxtiyor qanot qoqişar, şodon çuğurlarini tariflaşga manaman degan şoirning ham tili ojiz qolardi.
Ayniqsa, bu gözalliklarga jör bölayotgan bolalar kulgusi, şavq-zavqqa tölgan qiyqiriqlar atrof-olamga jon bağişlar, köp qavatli maktabga olib boradigan yöl çetidagi nimpuşti örik gullari, yuzidan nur taratib turgan jajji quyoş nusxalari bölmiş qoqigullar ham ularga ergaşib maktabga borgisi kelayotgandek xiyol egilib, nozik qöllarini çözib turişardi. Navnihol öğil-qizlar maktab sumkalarini yelkalariga ilib olişganiça saf-saf bölib ötişar, qaysilari şöxlik qilib quvlaşmaçoq öynasa, boşqalari özaro gurunglaşib ketişardi. Çamamda 8-9 yoşlar atrofida bölgan qizaloq yonidagi tengdoş dugonasiga yöl böyidagi andizlar orasidan sariq böyoğini saçratib jilmayib turgan qoqigullarni körsatib, qölidan tortqilaydi:
 — Yur, gullardan terib olaylik, ustozga olib borardik!
 — Yöq, darsga keç qolamiz. Kel, yaxşisi maktabdan qaytişda onamiz uçun terib olamiz. Ustozga ertaga olib boramiz, böladimi?
 — Mayli! — deydi-da, uzun ikki örim soçiga taqilgan oppoq şoyi tasmalarini silkitganiça yuguradi. — Qani, meni tutib ol-çi!
 Ikkinçi qizaloq dugonasining ortidan çopqillay turib gap qotadi:
 — Töxtasang-çi, sen karra jadvalini yodladingmi?
 — Haa, yodladiim! — degan şodon ovoz şundoqqina röparadagi maktab binosiga urilib, aks-sado beradi. — Ikki karra bilan uç karrani yod oldim. Sen-çi?!
 — Men yaxşi yodlay olmadim, töxtasang-çi, menga yordam berib yubor! Birga takrorlaylik!
 — Kelaqol, tez yetib ol! Ikki karra ikki — tört, ikki karra uç — olti!

 Ortidan yugurayotgan qizaloq davom ettiradi:
 — Ikki karra tört — sakkiz, ikki karra beş — ön...
Şu tariqa ovozlar maktab bağriga singib ketadi. Köklam osmonida qanot qoqib, şodon kuylayotgan qaldirğoçlarga jör bölib, darsga şoşilayotgan katta-kiçik öquvçilar ham maktab binosiga kirib ketişadi. Yakkam-dukkam keçikuvçi bolalar uçrab qolmasa, maktab yöli tinib qoladi. Endi ğala-ğovur maktab binosining derazalaridan eşitila boşlaydi.


Maktab qönğiroği bilan bir paytda qayerdandir kelib qolgan daydi şamol uvillab, bezovta aylanib, daraxt şoxlari, öt-ölanlarni tortqilab ötdi-yu, bor bezovta ruhini hamda qoramtir kulrang bulutlarini qoldirib ketdi. Öriklar beixtiyor gulbarglarini tökib yuborişdi, qoqiötlar seskanib yuzlarini yopib olişdi. Quşlarning bezovta çinqiriği butun olamni tutgandek böldi. Ular nima bölayotganini anglab, özlarini önglab ulgurmaslaridan avvaliga çiyillagan, keyin gumburlagan tovuşdan oyoqlarim ostidagi yer zir titrab, göyoki qiyomat qöpdi: quloqlar tom bitdi, huşim boşimdan uçdi. Portlaş zarbidan tanam qayoqlargadir uloqtirildi va huşimga kelib örnimdan turganimda, vayron bölib, öradek öyilib ketgan maktab xarobalari qaridan qora tutun buruqsib, oh-vohlar hamda dahşatli çinqiriqlarga guvoh böldim. Nima bölayotganini idrok etolmay qançadir vaqt merovsirab turdim. Keyin şanğillayotgan quloğim, karaxt miyam oçila turib, maktab tomon yugurayotgan odamlar, yordam çaqiriqlari, dod-faryodlar ortidan gandraklaganimça ketaverdim...

Sizga rostini aytaman, bugun ilk bor yozuvçi bölganimdan ökindim. Yozib boşlaganimga beş yilça vaqt bölib qolgan bölsa, öşa qöqqisdan ijod qila boşlagan kunlarimdan uyqu degan hayotiy sokinlik, ruhiy hamda jismoniy orom oliş jarayoni meni butkul tark etdi. Xuddi butun dunyo dardi, ğam-taşvişlari boşimga kelgan-u, kiprik qoqmasdan öylayversam bartaraf etilib, bu bedavo dunyo çaroğon, odamlari baxtli bölib ketadigandek. Kun böyi jonsarakman. Göyoki boşimdagi tinimsiz aylanayotgan tegirmon toşining ğuvillaşi har aylanada miyamni ezib ötib azob beradi: boşim, balki butun tanam toşmetindek qotib oğirlaşib, ruhimni paçoqlaydi. Özim barpo etgan ruhiyat olamim vayronalarida yaşaşga mahkumman. Dunyoda sodir etilayotgan har bitta adolatsizlik, xunrezlik hamda şafqatsizlik fonida bevosita men borman — qaşşoqlar va oç-nahor beçoralar kulbasida oçlik, çorasizlikdan azob çekaman. Voz keçilgan yetim gödak, qariyalar uyida möltirab yöl qarayotgan ota-ona, umuman, jaholat qurbonlari bölmiş — tutday tökilayotgan mahkumlar hukmi mening yuragimda ijro etiladi.

Işonavering, bu ayni haqiqatki, Albert Kamyu özining “Isyonkor odam” asarida aytgan: “Men dunyoning qayeridadir bir bolaning azob çekayotganini bilar ekanman, özimni baxtiyor his qilişga haqqim yöq!” kalomi bilan hamohang tarzda eşitiladi. Şu tariqa, kaşkulini yöqotgan devonadek qalbim vayronalari labirintida adaşib yuraveraman.

Ha, işonavering, öşa XXI asrning eng yirik va qonli fojialaridan biri bölib tarixga kirgan, qurbonlari soni 30 mingdan oşib (şundan 13 mingdan ortiği bolalar), çinakamiga bolalar qabristoniga aylangan Ğazo uruşida men ham bor edim. Vayronalar şahrida oç böridek uvillab, betonlar ostida qolib ketgan minglab qavmdoşlari va bolalarini çiqarib oliş uçun tirnoqlari sinib, panjasi qon qotgan abgor ona böri men bölaman. Yetmiş mingdan ortiq yaradorlarga yordam körsatiş uçun tun-u kun jon berib yugurgan, ammo tibbiy yordam yetişmasligi tufayli qölidan heç narsa kelmay yiğlagan, bolakaylar va qizaloqlarni biror tibbiy muolajalarsiz, oğriq qoldiradigan malhamsiz jarrohlik amaliyoti ötkazgan ilojsiz va beburd şifokor ham mendan boşqa heç kim emas! Men öşa piçoq ostida çinqirayotgan gödaklarning közlarida Xeminguey aytgan “itdek ölib ketiş” qismatini kördim. Adib haq edi: “Uruş qançalik “adolatli” niqobini kiymasin, u baribir eng katta jinoyat bölib qolaveradi”. Ruhim hamda tanam havoda vizillayotgan öqlar, qonli osmondan yoğilayotgan surobsiz bombalar, dimoqni yoradigan porox hamda kuyindi hidlar orasida qörquvdan esini yöqotib çinqirib tasdiqlaydi: oilasidan biror kimi tirik qolmagan yarador bolani kunpayakun bölgan Ğazo, balki yuragim vayronalarini oralaganimça uvvos tortib yetaklab yurgan çorasiz bandai beçora — özimman...
Özimga kelganimda maktab hovlisidagi yarmi kuyib qorayib ketgan örindiqda omonatgina ötirardim. Karaxtligim atrofimda bölayotgan harakatlarni kinolardagi sekinlaştirilgan kadrlar kabi körsatar, jahannam qaridan kelayotgan ovozlar ham çözilib guvillab eşitilardi. Közlarim körayotganlariga işonmas, uruş haqidagi kinokartinani suratga oliş maydonçasida turibman-u, röy berayotgan sahna dekoratsiyalari aktyorlar ijrosidan keyin yiğiştirib olinadigandek tuyular, balki şuni istardim. Boşlarini qay devorga urişini bilmay har tarafga yugurib, alam va azobdan köksiga muştlab faryod çekayotgan ota-onalar, xarobalar ostidan suğurib olinayotgan qizaloqlar, bolakaylarning majaqlangan tanalari: “Olindi! Bugun yaxşi işladik, hammaga rahmat!” deyilişi bilan jilmayişib, ust-boşini qoqib örinlaridan turib ketişsa-da... “Vahimamni qara, juda tasirçanman-da, axir bu kino-ku! Qoyil, bolalar soxtalikni bilişmaydi, juda samimiy körsatib berişadi, ularga aktyorlikning ham keragi yöq!” deganimça mamnun jilmayib qöysam qanday soz bölardi-ya, deb öylayman.

Yöq! Bundayin vahşiylikni, gunohsiz bolalarni qonga botirib, farişta vujudlarini jasadlarga aylantirib, polietilen qoplarga joylab qöyişni kinoçilar eplay olişmaydi! Bundayin qonli sahna körinişlarini qonxör siyosatdan boşqasi amalga oşirolmaydi va heç narsa bölmagandek bamaylixotir, kamiga qonli panjasida ğalaba bayroğini hilpiratganiça yölida davom etolmaydi. Bu kostyumli pörim jallod uruşlarni adolatli yeçim, ölimlar röyxatini statistika, vayronalarni ğalaba deb ataydi va boşi uzra kötargan zafar qadahi ham begunoh odamlar qoni bilan tölatilgan böladi.

Maktab xarobalari orasida qança vaqt ötirganimni bilmayman: balki soatlar, balkim kunlar, balki yillardir — bilmadim. Şu vaqtlar oraliğida dod-faryodlar, vayronalar yöqlikka singib, maktab örni lanat tekkandek qorayib ketgan ulkan öraga aylanibdi. Uvillagan sovuq şamol kitob-daftarlarning kuygan parçalari, qon yuqi tekkan soç tasmalar, singan qalam bölaklarini uçirib öynaydi. Böm-böş yuragim bilan yolğiz huvillab qolaveraman...
Uç kundan buyon yomğir tinay demaydi. Ançayin aççiq, alamli izğirini ham bor. Yomğir emas, bolaginasi kuyigidan dunyolarga siğmay ketayotgan alamzada onaning faryodli köz yoşlariga öxşaydi. Odatda, yomğirli ob-havodan qandaydir ruhiy sokinlik his etar, ayniqsa, soyabon ostida yolğiz sayr qilişni yoqtirardim. Ammo bugungi yomğir badanimni junjiktirdi va öz navbatida bu sovuqlik içkariga örlab, yuragimni uviştirdi. Unça-bunçaga köz yoşlarini körsatmaydigan toşmetin diydam ham yiğilib turgan aççiq yomğirini qöyib yubordi. Göyoki yomğir va men köz yoşlarimiz bilan begunoh bolalar qoni böyagan tuproqni yuvib, ularni ortga qaytarişni ahd qilganga öxşaymiz. Qaniydi, köz yoşlar xunrezliklar, besabab tökilgan qonlarni yuvib, barçasini ortga qaytara olganida edi, butun dunyo ayollari töxovsiz uvvos solib köz yoş tökardik. Qaniydi, adabiyot qalami bilan beşavqat siyosatni yenga olganimda edi, umrim yetguniça, uyqu nimaligini bilmay betöxtov yozişga kuç topar edim. Qaniydi... Qaniydi...

Esladim, 13-14 yoşlarda edim. Otamning kutubxonasidan sevimli adibim Ötkir Hoşimovning “Ikki eşik orasi” asarini topib oldim-u halovatim yöqoldi. Öşa paytda ilk marta noming öçgur uruş bilan yuzlaşgan edim. Robiyani ota-onasiz qoldirgan, minglab otalar, bahodir öğlonlarni bağrimizdan yulib ketgan, ayollarni beva, bolalarni yetimlikka mahkum etgan, front ortida qolgan xalqni ham zulm va oçlikdan abgor qilgan lanati maxluqni bolalarça duoibad qilgandim. “Seni öylab topganlarni Xudoyim jazosini bersin! Uruş bölişini, odamlar ölişini heçam xohlamayman!” deb köz yoş tökardim. Robiya hamda Kimsanning endigina kurtak oçib kelayotgan muhabbati haqqi, ota-onasining çekkan zahmatlari haqqi, Kimsan uruşdan tirik qaytsin derdim. Robiya bilan yonma-yon, kunu tun, goh şirin xayollar surib, goh römolça çetiga “K” harfidan kaşta tikib, közlarim tört bölib Kimsanni kutgan edim. Maktabga borardim, qaytardim, xayolim asar davomi bilan band bölar va bir gapni piçirlardim: “Nima bölsa bölsin, Kimsan qaytib kelsin! Mayli, bir oyoğidan ayrilar yo bölmasa qölini yöqotar, lekin tirik qaytsin!”
Afsuski, buni uruş deydilar: közlarimiz tört bölib kutgan Kimsanimiz begona yurtlarda halok böldi, Robiya Rano kelinoyisi taşlab qoçgan erga xotin, öğliga ona böldi, Muzaffar öz singlisini sevib qoldi, Munavvar zilzila tufayli devor ostida qoldi. Yuzi qora uruş heç kimni ayab ötirmadi. Asarni tugatib şunçalar umidsiz bölib qolgandimki, yuragimda paydo bölgan böşliqni uruşga lanatlar yoğdiriş bilan töldirişga harakat qilardim. Yoş bölişimga qaramay, öşandayoq uruşning mano-mantiqsiz qirğin ekani, ölat keltiruvçi panjalari bilan asrlar oşa neçalab odamlar umrini zavol etişdan töxtamasligini yuragimdan his etgandim.
Endi-çi, kasofat uruş domiga tortib ketgan bolalar, ayollar, umuman, odamlarni kutişimdan biror mantiq bormi? Yöq, yana xuddi öşa Kimsanni intizorlik bilan kutgan va ölimini eşitgan oğriqli vaqtlardagidek umidsizlik hamda tuşkunlik botqoğiga botib ketaveraman.

Mana, men şu yerdaman: hali tuproği sovib ulgurmagan son-sanoqsiz qabrlar oralab ketyapman. Ularni sanay olmayman, tişimni tişimga bosib, jimgina quloq tutib boraveraman.
 — Karra jadvalini yod oldingmi? — deydi qizça şivirlab.
 — Ha, yodladim, sen-çi? — deydi ikkinçi qizaloq yanada şivirlab.
 — Men yodlay olmadim, kelaqolinglar, birga yodlay qolaylik!
 — Ikki karra ikki — tört! Qaytaramiz!
 — Beş karra beş — yigirma beyeş! — jör bölişadi hammasi.
 — Yöq, bu kamlik qiladi! Ortimdan takrorlang: ön karra ön — yuuuz!
 — Bu ham kamlik qiladi! — şivirlaydi uçinçi qizaloq. — Yuz karra yuu-uz...
Quloğimni kaftlarim bilan yopaman. Ammo şivirlar hamda sanoqlar tinay demaydi...

O-o, bu şivirlar biz katta odamlarni tinç qöyarmikin? Gödaklarni ölimga mahkum etayotgan qöllarimiz qonini ming yil yomğir yoğsa ham ketkazolmasligimizni anglab turgan holimizda mantiqsiz va “adolatli” qirğinlarni yana va yana davom ettiraverişimizni nima deb atasak böladi? Biz şafqatsiz odamzot gunohlarimizni qanday yuvamiz? Undan köra, abgor etgan dunyomizga oddiygina qoqiöt bölib kelsak bölmasmidi? Qizaloqlar terib olişib, boşlariga gulçambar yoki onajonlariga guldastalar yasab quvonişardi. Daraxt bölsak-çi, bahorda gözal gullarimiz, yozda mevalarimiz bilan ularni xursand qila olardik. Uruşlar bölmas edi. Bolalar ham ölmas edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: