USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Qirğiz yop” — Axlat daryosi: Ölik baliqlar, sassiq suv va sukut içra javobsizlik

314 марта
Urganç şahrining markazidan oqib ötuvçi “Qirğiz yop” bugun tiriklik emas, ölim manzarasini eslatmoqda. Axlatga tölgan suv ustida harakatsiz suzib yurgan ölik baliqlar — bu tabiatning emas, odamzodning, aniqroği, javobgarlikni his qilmaydigan masullarning “mevasidir”.


Kuni keça Urganç Giper marketi yonidagi “Qirğiz yop” holatini öz közimiz bilan kördik. Suv sathi sarğiş va sassiq. Yuzada esa köplab baliqlarning jasadlari — ölik holatda suzib yuribdi. Bu manzara nafaqat şahar estetikasiga, balki inson salomatligiga tahdid solmoqda.

“Baliqlarning ölişi bu yerda kislorodning yöqligidan, suvning iflosligidan darak. Bu tabiiy falokat emas, bu insoniy loqaydlik.” — deydi ekologiya sohasida işlaydigan mutaxassislardan biri.

Qani javobgarlar?

Urgançdagi bu kanal, xalq orasida “Qirğiz yop” nomi bilan maşhur, şaharning “yuragi”dan oqadi. U yillar davomida suv manbai, havoni musaffo qiluvçi yaşil yöl, bolalarning yozgi quvonçi bölib xizmat qilgan. Endi esa — axlat taşlanadigan, suvga kimyoviy çiqindilar quyiladigan, tiriklik emas çiriklik manzili.

Ammo savol oçiq: kim javobgar?
 • Suv xöjaligi taşkilotlarimi?
 • Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasimi?
 • Yoki mahalliy hokimiyatmi?

Oçiqçasiga aytiş kerak: heç kim bu jarayonlarga befarq bölmasligi kerak. Çunki bu yerda gap atrof-muhit emas, balki özimizning — farzandlarimiz nafas olayotgan havosi, istemol qilayotgan suvimiz, ijtimoiy madaniyatimiz haqida bormoqda.

Bu birinçi emas, sönggisi ham emas…

Bir neça kun oldin “Qirğiz yop”ning boşqa hududi ham bizning etiborimizdan çetda qolmagandi. Öşanda ham axlat, iflos suv va çirigan hid haqida bong urgan edik. Ammo bu tanqidlar javobsizlik devoriga urildi. Endi esa holat yanada ayançli tus oldi.

Demak, befarqlik — zararsiz emas. Har bir javobsizlik yangi bir ekologik muammoga zamin yaratmoqda.

⸻

Tavsiya va talab:
 1. Zudlik bilan favqulodda monitoring va tekşiruv ötkazilişi zarur.
 2. Qirğiz yop böyiça jamoatçilik iştirokida oçiq muhokama ötkazilişi lozim.
 3. Masullarga nisbatan çora körilişi va axborot oçiqligi taminlanişi şart.

Urganç gözal şahar. Lekin bu gözallikni faqat qoğozda emas, amalda ham saqlab qolişimiz kerak. “Qirğiz yop” esa ogohlantiruvçi belgidir. Uni körmaslik — kelajakka xiyonatdir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: