Pentagon şokda: Pekin yadroviy zarbaga yaşirinça tayyorgarlik körmoqda – OAV
9-03-2026, 23:10
334 марта

Pentagon şokda: Pekin yadroviy zarbaga yaşirinça tayyorgarlik körmoqda – OAV
Xitoy, ehtimol, maqsadli ravişda keng kölamli yadroviy uruşga tayyorgarlik körmoqda. Bu haqda “The Waşington Post” gazetasi xabar berdi.Naşrning yozişiça, Pekin nafaqat öz yadroviy salohiyatini jadal suratlar bilan oşirmoqda, balki maxfiy yerosti sinovlarini ötkaziş orqali uni yaşirinça real jangovar şaylik holatiga ötkazmoqda.
“Xitoy yadroviy arsenalni tiyib turiş uçun emas, balki yadroviy uruş olib boriş uçun yaratayotganga öxşaydi”, deydi material muallifi, “Meros” jamğarmasi huzuridagi Ellison milliy xavfsizlik markazi katta ilmiy xodimi Robert Piters.
Naşrning qayd etişiça, bu xulosa Lobnor poligonidagi öta kiçik quvvatli portlaşlar seriyasi bilan tasdiqlanmoqda. AQŞ diplomatlari Pekin seysmik monitoring samaradorligini pasaytiriş va tayyorgarlikni butun dunyodan yaşiriş uçun yer osti böşliqlaridan foydalangan holda, bu yadroviy sinovlarni qasddan niqoblayotganiga işonçi komil.
“Sinov öta kritik bölgani va energiya ajralib çiqqani seysmik grafiklardan mutlaqo ayon”, deydi AQŞ Davlat kotibining qurol-yaroğ nazorati va tarqatmaslik böyiça yordamçisi Kristofer Yiv.
Uning sözlariga köra, şunday hodisalardan biri 2020 yildayoq qayd etilgan, biroq Xitoy haqiqatni yaşirişda davom etmoqda va xalqaro inspektorlarni kiritişdan boş tortmoqda. Bu malumotni avvalroq Senatning razvedka böyiça maxsus qömitasi raisi Tom Kotton ham Markaziy razvedka boşqarmasining (MRB) maxfiy malumotlariga tayanib tasdiqlagan.
Gazetaning urğu berişiça, hozirgi Xitoy endi sovuq uruş davridagi arsenal bilan qanoatlanmayapti. Bugungi kunda Pekin qitalararo ballistik raketalar uçun AQŞdagidan köra köproq şaxtalar qurmoqda va Yaponiyadan tortib Guam hamda Avstraliyagaça zarba berişga qodir kuçlarni şakllantirmoqda. Amerikalik tahlilçilarning fikriça, Xitoy nafaqat qörqitişga, balki gipotetik yadroviy mojaroda haqiqatda ğalaba qozonişga tayyorlanayotgan bir şaroitda, AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati zudlik bilan öz harbiy doktrinasini qayta körib çiqişi va eng yomon stsenariyga tayyor bölişi zarur.