Rossiya iqtisodiyoti qulaş arafasida – Devid ÖSallivan
10-03-2026, 18:47
285 марта

Rossiya iqtisodiyoti qulaş arafasida – Devid ÖSallivan
Rossiya iqtisodiyoti qulaş arafasida va mamlakat 1998 yildagi kabi moliyaviy böhron bilan yuzma-yuz turibdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar böyiça maxsus vakili Devid ÖSallivan malum qilgan.“Birgina sanktsiyalar Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtata olmaydi. Ammo ötgan tört yil mobaynida sanktsiyalar sezilarli tasir körsatganiga işonçim komil. Rossiya iqtisodiyoti halokatli vaziyatga tuşgan. Barça iqtisodiy mezonlar ogohlantiruvçi qizil çiroqni körsatmoqda. Davlat moliyasi, inflyatsiya va öta yuqori foiz stavkalari kabi muammolar sabab mamlakat retsessiya tomon şönğimoqda”, – degan YeI diplomati nemis matbuotiga bergan intervyusida.
Qayd etilişiça, Rossiya sanoati harbiy iqtisodiyotni moliyalaştiriş uçun kredit olişga majbur bölgan, ammo endilikda ularni qoplaş imkonsiz qolmoqda.
“Rossiya 1998 yilgi böhron kabi moliyaviy inqiroz ostonasida turibdi. Uruşni har qanday vaziyatda ham davom ettirişga ahd qilgan diktator şunday yöl tutişi mumkin. Ammo ertami-keçmi vaziyat butkul toqat qilib bölmaydigan darajaga yetadi”, – degan Devid ÖSallivan.
Siyosatçi Rossiya iqtisodiyoti avvaliga sekin, keyin öta tez qulaşini takidlar ekan, hozirça buning aniq muddatini aytiş imkonsizligini aytgan.
Malumot örnida: YeIning sanktsiyalar böyiça maxsus vakili Devid ÖSallivan 2023 yili Toşkentda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan muzokara ötkazgan va Özbekistondan Rossiyaga sanktsiyalarni çetlab ötiş uçun yordam bermaslik kafolatini olgan edi.
Rossiya Ukrainaga qarşi bosqinçilik uruşini boşlagan 2022 yil 24 fevraldan keyin unga qarşi misli körilmagan iqtisodiy sanktsiyalar,
moliyaviy çeklovlar joriy etildi. Jumladan, Rossiyaga qarşi 2014 yildan buyon joriy etilgan sanktsiyalar soni 31,5 mingtadan oşgan. Çeklovlarning qariyb 92,5 foizi 2022 yil fevral oyi oxiridan boşlab kuçga kirgan.
Avval xabar berganimizdek, YeI Kengaşi 2027 yildan Rossiyadan gaz importini töliq taqiqlaşni nazarda tutuvçi qonunni tasdiqladi.