Xitoy Tojikiston va Afğoniston çegarasida inşoot quradi
11-03-2026, 14:50
61 марта

Xitoy Tojikiston va Afğoniston çegarasida inşoot quradi
Xitoy Tojikistonning Afğoniston bilan çegara hududlarida 9 ta yangi çegara obektini qurib beradi. Bu haqda “Asia Plus” xabar berdi.Malum qilinişiça, qurilişning umumiy qiymati 550 million somonidan ortiq bölib, mablağ töliq Xitoy hukumati tomonidan ajratiladi. Tojikiston tomoni esa loyihani soliqlar, bojxona tölovlari va boşqa majburiy tölovlardan ozod qiliş uçun javob beradi.
Uşbu kelişuv loyihasi 4 mart kuni Tojikiston parlamenti yiğilişida körib çiqilib, maqullangan.
Loyihaning asosiy maqsadi Tojikiston çegara qöşinlarining moddiy-texnik şaroitlarini mustahkamlaşdan iborat.
Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi örinbosari Murodali Rajabzoda parlamentdagi muhokama çoğida loyiha uç bosqiçda amalga oşirilişini aytdi. Uning sözlariga köra, ikkinçi bosqiçni amalga oşiriş uçun zarur bölgan almaşuv xatlari allaqaçon imzolangan.
Hujjatlarga köra, qurilişning umumiy maydoni 17 109 kvadrat metrni taşkil qiladi. Çegara obektlarini barpo etiş uçun taxminan 569 million somoni (424 million 830 ming yuan) sarflanadi va bu mablağ Xitoy hukumati tomonidan ajratiladi.
Hozirça mazkur obektlar aniq qaysi hududlarda qurilişi va ularning turi qanday bölişi oçiqlanmagan.
Şuningdek, Xitoy respublikaga muhandislar yuborib, uskunalarni örnatiş va sozlaş işlarini amalga oşiradi, binolarni ofis va turar joy mebellari hamda kompyuterlar bilan taminlaydi.
Bundan taşqari, obektlarga olib boruvçi yöllar, suv taminoti va kanalizatsiya tarmoqlari quriladi, elektr energiyasi olib kelinadi va boşqa zarur infratuzilma yaratiladi.