Tramp ogohlantirilgandi: AQŞ razvedkasi Eronning Fors körfazi davlatlariga zarba berişini başorat qilgan
18-03-2026, 09:05
185 марта

Tramp ogohlantirilgandi: AQŞ razvedkasi Eronning Fors körfazi davlatlariga zarba berişini başorat qilgan
Garçi Tramp 16 mart kuni Tehronning reaktsiyasi kutilmagan hol bölganini davo qilgan bölsa-da, uruşdan oldingi razvedka malumotlari mutlaqo boşqa manzarani körsatmoqda.
Prezident duşanba kuni Oq uyda ötgan uçraşuvlarda Eronning Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Kuvaytga bergan zarbalari kutilmagan hol bölganini ikki bor takidladi.
“Eron Yaqin Şarqdagi boşqa davlatlarga hujum qilişi kerak emas edi. Buni heç kim kutmagandi. Biz hayratda qoldik”, degandi Tramp.
Biroq razvedka tahlillaridan xabardor manbalardan birining aytişiça, Eronning bu kabi javobi kafolatlanmagan bölsa-da, u “ehtimoliy oqibatlar röyxatida bor edi”.
Tramp mamuriyati 28 fevral kuni Isroil bilan birgalikda Eronga qarşi havo hujumlarini boşlaşini oqlaş uçun turli sabablarni keltirgan. Ular orasida Eronning AQŞga yetib boruvçi raketalarga egaligi va bir neça hafta içida yadro bombasi yasab, undan foydalanişi haqidagi davolar bor. Biroq uşbu iddaolar hozirça AQŞ razvedka hisobotlari bilan tasdiqlanmagan.
Şuningdek, operatsiya boşlanişidan oldin Trampga Tehron iqtisodiy jihatdan hayotiy muhim bölgan Hormuz böğozini yopişga urinişi haqida ham malumot berilgan.
Sönggi ikki hafta içida Eronning dron va raketalari Fors körfazi davlatlaridagi quyidagi obektlarga zarba berdi:
- AQŞ harbiy bazalari;
- frantsuz qöşinlari joylaşgan Amirliklar bazasi;
- fuqarolik obektlari (mehmonxonalar, aeroportlar);
- energetika inşootlari.
AQŞ rasmiysining sözlariga köra, Tramp uruşdan oldin Eronga zarba beriş keng kölamli mintaqaviy mojaroga aylanib ketişi, ayniqsa, Eron qöşni davlatlarni AQŞga kömaklaşişda ayblasa, ularning poytaxtlariga hujum qilişi haqida brifingda ogohlantirilgan.
Bunga javoban Tramp Oval kabinetdagi tadbirda:
“Heç kim, heç kim, yöq, yöq. Eng buyuk ekspertlar ham ularni zarba beradi deb öylamagan edi”, deya öz sözida turib oldi.