7 davlat Hormuzni oçişga kömaklaşişga tayyorligini elon qildi
20-03-2026, 17:11
407 марта

7 davlat Hormuzni oçişga kömaklaşişga tayyorligini elon qildi
Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Yaponiya va Kanada Hormuz böğozidagi vaziyat böyiça qöşma bayonot berdi. Hujjat keça, 19 mart kuni Britaniya hukumati saytida elon qilindi.“Biz Eronning körfazdagi qurolsiz tijorat kemalariga, fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan, neft-gaz obektlariga qilgan sönggi hujumlarini, şuningdek, Eron kuçlari tomonidan Hormuz böğozining amalda yopib qöyilişini keskin qoralaymiz.Mojaroning kuçayib borayotganidan çuqur xavotirdamiz. Biz Eronni tahdidlarni, minalar örnatişni, uçuvçisiz apparatlar va raketalar yordamidagi hujumlarni, şuningdek, böğozni tijorat kemalari qatnovi uçun tösib qöyişga qaratilgan boşqa urinişlarni zudlik bilan töxtatişga çaqiramiz”, deyiladi qöşma bayonotda.
Şuningdek, uşbu davlatlar Hormuz böğozini blokadadan çiqarişga kömaklaşişga tayyor ekanliklarini bildirgan.
“Biz böğoz orqali xavfsiz ötişni taminlaş böyiça tegişli say-harakatlarga hissa qöşişga tayyorligimizni bildiramiz. Tayyorgarlik jarayonida iştirok etayotgan mamlakatlarning intilişlarini olqişlaymiz”, deya bayonot berdi yetti mamlakat.