USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Putinni tanqid qilgan Z-bloger ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştirildi

326 марта
Putinni tanqid qilgan Z-bloger ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştirildi

Navalniy ustidan arizalar yozib kelgan kremlparast bloger kutilmaganda Putinni qattiq tanqid qildi va Ukrainadagi uruşni “berk köça” deb atadi. Şundan söng, OAV malumotlariga köra, Ilya Remeslo ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadr
Rossiyada şu hafta boşida prezident Vladimir Putinni keskin tanqid qilgan hukumatparast bloger Ilya Remeslo Sankt-Peterburg şahridagi 3-sonli şahar ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda 19 mart, payşanba kuni avval boşqa Z-blogerlar yozdi, keyin esa malumotni Peterburgdagi “Fontanka” naşri tasdiqladi. Tibbiyot muassasasining malumot xizmati jurnalistlarga şunday ism-familiyaga ega bemor haqiqatdan ham ularda ekanini bildirgan.

OAV malumotlariga köra, 19 mart ertalab Remeslo, bir kun oldin faol ravişda intervyular berib turgan bölsa-da, aloqaga çiqmay qöygan va bir neça soat davomida ijtimoiy tarmoqlarda ham körinmagan.
“Fontanka” qayd etişiça, kremlparast bloger yotgan bölim raqamiga qaraganda, u oldin ruhşunoslar nazariga tuşmagan. Internetda şuningdek, Remesloning singlisi Sankt-Peterburgda taniqli psixiatr şifokor ekaniga ham etibor qaratilgan.
Ilya Remeslo — Rossiya Jamoat palatasining sobiq azosi, huquqşunos. U öz blogida hozirgaça Rossiya rahbariyatini faol qöllab-quvvatlab, muxolifatni tanqid qilib kelgan. Bundan taşqari, Remeslo Aleksey Navalniy va uning safdoşlari ustidan bir neçta ariza yozgan. Xususan, uşbu Z-bloger FBK xayriya mablağlari bilan göyoki “firibgarlik” qilingani haqidagi işda sezilarli rol öynagan.
17 mart keçqurun va 18 mart ertalab Remeslo kutilmaganda Kreml siyosatini keskin tanqid qiluvçi bir qator postlar elon qildi. Jumladan, bloger Ukrainadagi uruşni “berk köça” deb atadi va Vladimir Putinni “legitim bölmagan prezident” sifatida sud qilişga çaqirdi. Bu bayonotlar Z-muhitda katta şov-şuvga sabab böldi. Masalan, çeçen maxsus kuçlari rahbari Apti Alaudinov Remeslo hokimiyatni “mamlakat uçun eng oğir pallalardan birida” özining “obunaçilar va soxta şuhrat ortidan quvişi” sabab tanqid qilganini yozdi. Şuningdek, Remeslo akkaunti buzib kirilgan bölişi mumkin, degan taxminlar ham bildirildi, ammo blogerning özi 18 mart kuni buni rad etdi.

18 mart kuni Remeslo bilan intervyu yozib olgan jurnalist Aleksandr Plyuşçev şunday fikr bildirdi: agar kremlparast blogerning şifoxonaga yotqizilgani haqidagi malumot tasdiqlansa, bu Rossiya hokimiyati uçun “eng samarali inqiroz-menejmenti” böladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: