Kubaga suzayotgan Rossiya yonilği tankeri yönalişini Trinidadga özgartirdi
23-03-2026, 16:29
165 марта

Kubaga suzayotgan Rossiya yonilği tankeri yönalişini Trinidadga özgartirdi
Kuba hukumati 23 mart kuni mamlakatning eng yirik issiqlik elektr stantsiyasini işga tuşirib, 29 soatdan ortiq davom etgan umummilliy blekautga çek qöydi. Biroq Gavananing ogohlantirişiça, AQŞning yonilği yetkazib beriş yöllarini böğişga qaratilgan harakatlari yangi uzilişlarga sabab bölişi mumkin.
Sea Horse nomili Gonkong bayroği ostida suzayotgan va bortida 27 ming tonna gaz bölgan kema 2026 yil boşida Örta Yer dengizida boşqa kemadan dizel yonilğisini yuklab olib, Karib havzasi tomon yölga çiqqan edi. Dengiz razvedkasi malumotlariga köra, Rossiyadan kelib çiqqan uşbu yuk aynan Kuba uçun möljallangandi.
Biroq kema fevral oyi oxiridan buyon Atlantika okeani örtasida harakatni töxtatib turgan edi. Yakuniy malumotlarga köra, tanker janubga — Trinidadga burilgan. Kema hisob-kitoblarga köra, bugun, 23 mart kuni Kubaga yetib borişi kerak edi. Bu esa Kuba yaqin orada yonilği taminotisiz qolişini anglatadi.
AQŞ Moliya Vazirligi ötgan hafta Rossiya xom nefti va neft mahsulotlari savdosiga oid çeklovlarni yumşatiş şartlariga özgartiriş kiritdi. Yangi qoidalarga köra, tankerlarga yuklangan Rossiya nefti savdosiga berilgan ruxsatnomalar Şimoliy Koreya, Kuba va Qrim iştirokidagi tranzaksiyalarga tatbiq etilmaydi.
Tramp mamuriyati Yaqin Şarqdagi mojarolar fonida xom neft va gaz narxi oşib ketişining oldini olişga urinmoqda, biroq Kuba kommunistik hukumatiga bosimni kamaytirgani yöq. Hozirda orolga neft yetkazib beriş faqat xususiy korxonalar uçun ruxsat etilgan.
Rossiyaning “TASS” axborot agentligining xabar berişiça, Moskva Gavana bilan yordam variantlari böyiça muzokaralar olib bormoqda, biroq tafsilotlar oçiqlanmayapti.
LSEG malumotlariga köra, 2026 yilda Kuba portlariga import qilingan neft bilan atigi ikkita tanker kelgan. Elektr uzilişlari mamlakatda odatiy holga aylangan. Orol elektr energiyasi işlab çiqariş uçun import dizel va mazutga öta muhtoj.
Hozirda Kubada vaziyat quyidagiça: benzin savdosi qatiy tartibga solingan; qora bozorda bir litr benzin narxi 8 dollarga çiqdi. Bu rasmiy narxdan 6 baravar qimmat degani.