Suyultirilgan tabiiy gaz eksporti minimal darajaga tuşdi
23-03-2026, 19:39
131 марта

Suyultirilgan tabiiy gaz eksporti minimal darajaga tuşdi
Jahonda suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksporti sönggi olti oy içida eng past darajaga tuşdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.Qayd etilişiça, “Kpler” kemalarni kuzatiş xizmati malumotlari tahlili şuni körsatadiki, sönggi 10 kun içida jahon bozorida STG jönatişning örtaça hajmi 1,1 million tonnagaça kamaygan – bu 2025 yil sentyabridan beri eng past körsatkiçdir.
Pasayiş asosan Qatar va kamroq darajada BAAdagi vaziyat bilan boğliq. Ikkala davlat ham yoqilğini Hormuz böğozi orqali yetkazib beradi, u yerda Eron tomonidan bölayotgan tahdidlar sababli harakat deyarli butunlay töxtagan. Mart oyi boşida Qatar Eron zarbalaridan söng dunyodagi eng yirik STG yetkazib beruvçisi bölgan Ras-Laffan zavodini yopişga majbur böldi. Yana bir hujum 18 mart kuni sodir böldi, oqibatda 14 ta işlab çiqariş liniyasidan ikkitasi şikastlandi, ularni tamirlaş uçun yillar kerak böladi.
Sönggi bir yil içida jahonda STG işlab çiqariş asosan AQŞ va Kanadadagi yangi loyihalar hisobiga doimiy ravişda ösib borayotgan edi. Biroq hozirda Qatar STG yetkazib berişi töxtagani va jahon STG hajmining qariyb 20 foizi ötadigan Hormuz böğozi amalda yopilgani sababli bu ösiş töxtab qoldi.