Tramp Eronga mamlakatni birgalikda boşqarişni taklif qildi
24-03-2026, 09:33
227 марта

Tramp Eronga mamlakatni birgalikda boşqarişni taklif qildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp uruş tugaganidan keyin Eron boşqaruvida AQŞ iştirok etişi mumkinligini aytdi. Trampning bu haqdagi sözlarini “The Telegraph” naşri keltirdi.Uning sözlariga köra, tinçlik muzokaralari fonida Eronda juda jiddiy rejim özgarişi yuz berişi mumkin va ehtimol qöşma boşqaruv yaratiladi, bunda Vaşington ham iştirok etadi. Tramp, hatto Hormuz böğozi ustidan nazorat “men va Oyatulloh qölida böladi” deb hazil aralaş takidlagan.
Şuningdek, u AQŞ Eronga yangi rahbarni tanlaşda ham iştirok etişni xohlaşini bildirgan. Tramp bunga misol sifatida Venesueladagi vaziyatni keltirib, u yerda hokimiyat almaşganini eslatgan.
Oldinroq, Tramp Eronning ehtimoliy kelajak rahbarlari haqida gapirib, Mujtabo Homanaiy nomzodini AQŞ uçun “qabul qilib bölmaydigan” deb baholagan va agar eski siyosat davom etsa, yana uruş bölişi mumkinligini aytgan. U özida Eronni boşqariş uçun “uçta yaxşi nomzod” borligini, lekin ularning ismini oşkor qilmasligini ham qöşimça qilgan.
Manbalarga köra, AQŞ uruşni 9 aprelga qadar yakunlaşni rejalaştirmoqda. Şu bilan birga, OAV xabarlariga köra, AQŞ va Eron delegatsiyalari yaqin kunlarda Islomobodda uçraşuv ötkazişga tayyorgarlik körmoqda.