Putin Rossiyadan naqd pul va oltin olib çiqişga çeklov qöydi
26-03-2026, 09:37
52 марта

Putin Rossiyadan naqd pul va oltin olib çiqişga çeklov qöydi
Joriy yilning 1 aprelidan boşlab Rossiyadan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (Armaniston, Belarus, Qozoğiston va Qirğiziston) davlatlariga jismoniy şaxslar 100 ming dollar ekvivalentidan ortiq miqdorda naqd rubl olib çiqolmaydi. Bu haqda Prezident Vladimir Putinning farmoni elon qilindi.Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik şaxslar uçun esa bu çeklov summadan qati nazar amal qiladi. Faqatgina xalqaro aeroportlar orqali naqd pul olib çiqiş ayrim hollarda istisno sifatida köriladi.
Şuningdek, naqd pul olib çiqayotgan barça şaxslar bankdan olingan mablağ ekanini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etişi şart böladi.
2026 yil 1 maydan boşlab esa oltin olib çiqişga ham çeklov joriy etiladi. 100 grammdan oğir oltin quymalarni ittifoq davlatlariga faqat maxsus aeroportlar orqali va tegişli ruxsat bilan olib çiqiş mumkin böladi. Jismoniy şaxslar uçun bu çeklov boşqa davlatlarga ham tatbiq etiladi.
Qayd etiş joiz, Rossiya Ukrainadagi uruş boşlanganidan keyin 10 ming dollardan ortiq xorijiy valyutani mamlakatdan olib çiqişni taqiqlagan edi. Rublni olib çiqiş mumkin edi, ammo katta summalar deklaratsiya qilinişi talab etilgan.