USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyadagi maktabda öquvçi otişma sodir etdi

373 марта

Rossiyadagi maktabda öquvçi otişma sodir etdi

Bugun, 26 mart kuni Rossiyaning Çelyabinsk şahridagi 32-maktabda 9-sinf öquvçisi sodir etgan otişma oqibatida öqituvçi va öquvçilar jabrlandi. Bu haqda “Maş” xabar qildi.

Qayd etilişiça, hodisa dars vaqtida sodir bölgan. 15 yoşli öquvçi sinfga kirgaç, dastlab sinfdagi ikki öqituvçiga gaz purkagiç bilan zarar yetkazgan, keyin sinfdoşining (qiz bola) boşiga öq uzgan. Söngra qoçişga uringanida oynadan sakrab, oyoğini sindirgan.


Hozirda hujumni sodir etgan öquvçi va sinfdoşi şifoxonaga yetkazilgan. Şuningdek, öqituvçiga kimyoviy kuyiş taşxisi qöyilgan.
Döstlari va sinfdoşlari malumotlariga köra, u tinç va jiddiy bola bölgan, ilgari karate bilan şuğullanib kelgan.
Hodisaning ehtimoliy sababi öquvçi sinfdoş qizni boşqa bir boladan qizğaniş deb aytilmoqda va şu sababli sinfga qurol bilan kirgan. Sud-tergov qömitasi hodisa böyiça qasddan öldirişga uriniş ayblovi bilan jinoyat işi oçgan.

Bolaning otasi Artur K. öğli qurolni qayerdan olganini bilmasligini aytgan. Şuningdek, 41 yoşli Artur K. şaxmat bilan şuğullangan va öğliga ham şu sport turini örgatgan. Bundan taşqari, uni karate tögaragiga ham olib borgan, bola esa muntazam turnirlarda qatnaşib kelgan. 
Hodisadan söng maktab vaqtinça yopilgan va barça öquvçilar uyga jönatilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: