Tramp jamoasi neft narxi 200 dollarga çiqişiga tayyorgarlik körmoqda
26-03-2026, 20:40
76 марта

Tramp jamoasi neft narxi 200 dollarga çiqişiga tayyorgarlik körmoqda
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyati mulozimlari neft narxi 200 dollargaça kötarilganda, iqtisodiyot qanday holatga tuşişini örganmoqda. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.Naşr suhbatdoşlarining aytişiça, neft narxi keskin kötarilganda iqtisodiy vaziyatni modellaştiriş keskinlik davrida muntazam ravişda ötkazib turiladi va bu prognoz hisoblanmaydi. Ularning sözlariga köra, bu iş mamuriyatning barça ehtimoliy stsenariylarga tayyor ekanligiga işonç hosil qilişga qaratilgan.
“Yaqin Şarqdagi uruş boşlanişidan oldin ham Moliya vaziri Skott Bessent mojaro neft narxining oşişiga olib kelişidan xavotir bildirgan edi”, deydi manbalar.Vazirlik xodimlari bir neça hafta davomida öz xavotirlarini Oq uyga yetkazib turgan. Oq uy vakili Kuş Desaining takidlaşiça, mamuriyat doimo turli stsenariylar va iqtisodiy oqibatlarni baholab borsa-da, neft narxi 200 dollarga yetişi ehtimolini körib çiqayotgani yöq. Uning sözlariga köra, Bessent “Epik ğazab” (Epic Fury) operatsiyasi oqibatidagi qisqa muddatli tebranişlardan “xavotirda” emas.
“Bloomberg” qayd etişiça, hatto bir neça oy davomida narxning 170 dollar atrofida bölişi ham AQŞ va Yevropada inflyatsiyaning oşişiga va iqtisodiy ösişning sekinlaşişiga olib keladi. AQŞda allaqaçon sezilayotgan eng katta tasir – benzin çakana narxlarining 30 foizga oşişi bölgan.