USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Yevropani Ukrainaga qurol taminoti uzilişidan ogohlantirdi

94 марта

AQŞ Yevropani Ukrainaga qurol taminoti uzilişidan ogohlantirdi

AQŞ Yaqin Şarqdagi vaziyat keskinlaşuvi fonida yevropalik ittifoqçilarini Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berişda muammolar yuzaga kelişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda keça, 27 mart kuni öz manbalariga tayanib, “Politico” naşri xabar berdi.

Naşr malumotlariga köra, Amerika tomoni hamkorlarini PURL dasturi doirasidagi uzilişlar xavfi, xususan, öq-dorilar va Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketa-tutuvçilar yetkazib beriş böyiça xabardor qilgan.

Muzokaralar jarayonidan xabardor uç nafar yevropalik mulozimning sözlariga köra, AQŞ Davlat departamenti taminot zanjiri buzilişi mumkinligini bildirgan. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio uşbu masalani Frantsiyadagi G7 davlatlari uçraşuvida hamkasblari bilan muhokama qilişi kutilayotgan edi.

Şu bilan birga, yevropalik mulozimlardan biri ayrim ittifoqçilar allaqaçon rejalaştirilgan yetkazib berişlar boşqa qabul qiluvçilarga yönaltirilmasligi haqida kafolatlar olganini, biroq kelgusi istiqbollar noaniq qolayotganini qayd etgan.
Öz navbatida, NATO diplomati Ukrainaga möljallangan qurol-yaroğlarning Fors körfazi mamlakatlariga berilişi mumkinligi mutlaqo qabul qilinmasligini takidlagan.

G7 uçraşuvidan söng Marko Rubio jurnalistlarga AQŞ hozirça PURL liniyasi böyiça Ukrainaga möljallangan qurollarni boşqa joyga yönaltirmaganini, biroq bunday imkoniyat istisno qilinmasligini aytgan. Uning sözlariga köra, qurollar dastlab AQŞga tegişli bölgani sababli, zarurat tuğilganda ustuvorlik mamlakatning öz zaxiralarini töldirişga beriladi. 
“Politico” naşrining qayd etişiça, vaziyatning rivojlanişi Yaqin Şarqdagi mojaroning borişi va Amerika tomonining ehtiyojlariga boğliq böladi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: