Alyaska qirğoqlaridagi muzlar prognoz qilinganidan tezroq erimoqda
29-03-2026, 14:43
118 марта

Alyaska qirğoqlaridagi muzlar prognoz qilinganidan tezroq erimoqda
Alyaskaning şimoliy qirğoqlari böylab muz mavsumi 27 yil içida sezilarli darajada qisqargan. Bu haqda Ferbenksdagi Alyaska universitetining “Journal of Geophysical Researç: Oceans” naşrida elon qilingan tadqiqotida söz boradi.Qayd etilişiça, Çukotka dengizida bu davr 57 kunga, Bofort dengizida esa 39 kunga kamaygan. Muz kuzda keçroq hosil bölmoqda, qator hududlarda esa bahorda vaqtidan oldin parçalanmoqda.
Yopişgan muz (pripay) – qirğoqqa yopişgan va şamol yoki oqim tasirida suzib ketmaydigan muz bölib, u Alyaskaning mahalliy jamoalari uçun alohida ahamiyatga ega: u ov qiliş va baliq tutiş joylariga boradigan yöl vazifasini ötaydi, neft-gaz sohasining mavsumiy muz yöllarini tutib turadi hamda qirğoq çiziğini tölqinlar eroziyasidan himoya qiladi. Muz mavsumining qisqarişi qirğoqlarni zaiflaştiradi va ovçilik uçun prognoz qilib bölmaydigan şaroitlarni yuzaga keltiradi.
Ayniqsa, 2000-yillarning boşigaça nisbatan barqaror bölgan Bofort dengizidagi vaziyat xavotir uyğotmoqda. Hozirda u yerdagi muzlar avvalgidek qirğoqdan uzoqqa yoyilmayapti. Tadqiqotçilar buni Arktika dengiz muzlarining umumiy yuqalaşişi bilan boğlamoqda: yuqa muzlar dengiz tubida yopişgan muz uçun “langar” vazifasini ötovçi muz tizmalarini kamroq hosil qiladi.