Eron prezidenti yana bir bor qöşni davlatlarni ogohlantirdi
29-03-2026, 17:10
49 марта

Eron prezidenti yana bir bor qöşni davlatlarni ogohlantirdi
Prezident AQŞ harbiy bazalari joylaşgan Fors körfazi davlatlarni qayta-qayta ogohlantirdi.
“Biz Eron oldindan ogohlantirmasdan hujum qilmasligini köp marta aytganmiz, ammo infratuzilmamiz yoki iqtisodiy markazlarimiz nişonga olinsa, biz qattiq javob qaytaramiz. Mintaqa mamlakatlariga qarata aytaman: agar taraqqiyot va xavfsizlikni istasangiz, duşmanlarimizga sizning yerlaringizdan turib uruş olib borişiga yöl qöymang”, dedi Eron rahbari.Pezeşkiyon avval ham qöşni davlatlarga şunday ogohlantiriş bilan çiqqan edi. 25 mart kuni Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Qöşma Ştatlardan uzoqlaşişga çaqirdi.
Uruş 28 fevral kuni AQŞ va Isroilning butun Eron böylab havo hujumlari uyuştirişi bilan boşlandi. Aviahujumlar oqibatida Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy halok böldi va bu Livanning “Hizbulloh” guruhi uruşga qöşilişiga sabab böldi. Uruşning bir oyligida, yani 28 mart kuni Yaman husiylari ham Isroilga zarba yöllaşni boşladi.