WP: Pentagon Eronda quruqlik amaliyoti ötkazişga tayyorlanmoqda
29-03-2026, 17:11
113 марта
WP: Pentagon Eronda quruqlik amaliyoti ötkazişga tayyorlanmoqdaPentagon tomonidan körib çiqilayotgan variantlar savdo va harbiy kemalarni öqqa tutuvçi qurollarni yöq qiliş maqsadida Hörmuz böğozi sohilidagi hududlarda maxsus kuçlar va oddiy piyodalar iştirokidagi çeklangan reydlarni, şuningdek, Eron neftining asosiy eksport markazi bölgan Xarq orolini egallab olişni nazarda tutadi. Amaliyot bir neça oyga çözilişi mumkin.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Pentagonning vazifasi har qanday variantga tayyorgarlik köriş va «boş qömondonga harakatlarda maksimal erkinlik taqdim etiş»dan iboratligini aytgan.
Senator Lindsi Grem quruqlik kampaniyasi tarafdorlaridan biri hisoblanadi.
«Biz Ivodzimada ğolib çiqqanmiz, biz buni uddalay olamiz. Men doimo dengiz piyodalariga işonç bildiraman», – degan u.