USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Rossiya neft tankerining Kubaga yetib borişiga tösqinlik qilmadi

49 марта
Tramp Rossiya neft tankerining Kubaga yetib borişiga tösqinlik qilmadi

AQŞ prezidenti Donald Tramp energetik inqiroz girdobiga tuşib qolgan Kubaga nisbatan joriy etilgan yonilği blokadasini malum darajada yumşatişga qaror qildi. U 30 mart kuni Rossiya neft tankerining Lotin Amerikasidagi portga yetib borişiga tösqinlik qilmadi. 

Malum bölişiça, bortda 730 ming barrel (taxminan 100 ming tonna) neft bölgan “Anatoliy Kolodkin” tankeri Kubaning Matansas portiga yetib kelgan. Kemalar harakatini kuzatiş xizmatlari malumotlariga köra, u orol qirğoqlariga yetib kelgani tasdiqlangan. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov uşbu kema Kubaga yetib borganini tasdiqladi. Uning takidlaşiça, mazkur masala amerikalik hamkorlar bilan muloqotlar çoğida avvaldan muhokama qilingan.

Donald Tramp ham 29 mart kuni jurnalistlar bilan suhbatda tankerni ötkazib yuborişga rozilik berganini malum qildi.
“Bir kema neft yetkazib berilişiga qarşi emasmiz, çunki ular yaşab qolişi kerak. Agar qaysidir davlat Kubaga neft yubormoqçi bölsa, mening bunga etirozim yöq”, — dedi u. 

Malumki, sönggi oylarda Vaşington Gavanani jiddiy tahdid deb baholab, unga nisbatan bosimni kuçaytirgan edi. Venesueladan neft yetkazib beriş töxtaganidan keyin Kubada oğir energetik inqiroz yuzaga keldi — mamlakatda elektr uzilişlari, yoqilği tanqisligi va ijtimoiy muammolar kuçaydi. 

Şuningdek, oziq-ovqat taminoti va tibbiy xizmatlar tizimi ham izdan çiqqan, aholi orasida norozilik kayfiyatlari kuçaygani qayd etilmoqda.

Tramp uşbu qaror Rossiyaga yordam sifatida baholanişiga qarşi çiqdi:
“Bu faqat bitta kema. Agar ular yubormoqçi bölsa, bu meni u qadar taşvişlantirmaydi”, — deya qöşimça qildi u. 

Mutaxassislar fikriça, mazkur qaror gumanitar sabablar bilan boğliq bölib, Kubadagi oğir energetik vaziyatni qisman yengillaştirişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: