Bolalarga ignali qand tarqatgan erkak uşlandi
1-04-2026, 18:09
1 223 марта

Bolalarga ignali qand tarqatgan erkak uşlandi
Qirğizistonning Bişkek şahri Lenin tumanida bolalarga qandning içiga igna bölaklari qöyib, tarqatgan erkak qölga olindi. Bu haqda tumani Içki işlar bölimi matbuot xizmati xabar qildi.Qayd etilişiça, joriy yilning 28 mart kuni taxminan soat 20:00 da militsiyaga Oq örda turarjoy massivida bir erkak bolalarga içida igna bölaklari topilgan qand tarqatgani haqida xabar tuşgan.
Mazkur massivda yaşovçi B.G. ismli ayolning 11 yoşli qizi va boşqa bolalar ham nomalum şaxsdan şunday konfetlar olganini malum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Tergov xizmati tomonidan jinoyat işi qözğatilgan va tegişli ekspertizalar tayinlangan. Militsiya xodimlari holat yuzasidan gumonlanuvçi N.D.ni qölga olgan. Hozirda u vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.
Uning yaşaş joyida ötkazilgan tintuv davomida konfetlar va boşqa moddiy dalillar musodara qilingan. Tergov işlari esa davom etmoqda. Lenin tumani sudi gumonlanuvçini ikki oy muddatga tergov hibsxonasiga joylaştirgan.