Sulhdan keyin neft narxi keskin pasaydi
8-04-2026, 18:57
116 марта

Sulhdan keyin neft narxi keskin pasaydi
Bugun, 8 aprel kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan 2 haftalik tinçlik kelişuviga erişilganini hamda Hormuz bögozi qayta oçilişini elon qilgan edi. Uşbu sulhdan söng global bozorda neftning narxi sezilarli darajada pasaydi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Jaxon global bozorida Brent markali neft narxi taxminan 13 foizga pasayib, bir barrel uçun 94,80 dollarni taşkil etdmoqda. Qöşma Ştatlarning özida esa bir barrel neft narxi 15 foizgaça tuşib, 95,75 dollar bölib qolmoqda.
Ammo qora oltinning örtaça narxi joriy yil 28 fevral, AQŞ va Isroilning Eronga hujum uyuştirilganidan buyon hamon yuqoriligiça qolmoqda. Uruş boşlanişidan oldin örtaça bir barrel neftning narxi 70 dollar atrofida bölgan. Öşanda Eron Hormuz böğozidan foydalanayotgan AQŞ va Isroil kemalariga hujum qiliş bilan tahdid qilganidan söng Yaqin Şarqdan neft va gaz yetkazib beriş butunlay töxtab qolgan edi. Buning ortidan nafaqat Qöşma Ştatlarda, balki global bozorda ham neftning narxi keskin oşib ketgan.