USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Sulh xavf ostida”. Eron va AQŞ 21 soat muzokara ötkazdi

120 марта

“Sulh xavf ostida”. Eron va AQŞ 21 soat muzokara ötkazdi

Keça, 11 aprel kuni Pokiston poytaxti Islomobod şahrida AQŞ va Eron vakillari örtasida muzokara bölib ötdi. Jarayon 21 soat davom etgan, biroq ayrim masalalarda kelişmovçiliklar bor. Bu haqda Eron Taşqi işlar vazirligi vakili Ismoil Bağoiy malum qildi.
“Uşbu muzokaralar 40 kunlik majburiy uruşdan keyin işonçsizlik hamda şubha muhitida ötdi. Tabiiyki, biz boşidanoq bir martalik uçraşuvda kelişuvga erişilişini kutmagan edik. Buni heç kim kutmagan edi”, deydi u.

Bundan oldin Tehron muzokaralar jarayonining muvaffaqiyatini Vaşington niyatlarining jiddiyligi, haddan taşqari talablardan voz keçişi va respublika manfaatlarini tan olişi bilan boğlagan.
AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens ham muzokaralar kelişuv bilan yakunlanmaganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, Amerika delegatsiyasi özlarining “qizil çiziqlarini” juda aniq belgilab bergan: nimalarda yon berişga tayyor va nimalarda yöq, biroq Eron tomoni bu şartlarni qabul qilmagan. 

“Yomon yangilik şundaki, biz kelişuvga erişmadik va menimça, bu Amerika Qöşma Ştatlaridan köra Eron uçun ança yomonroq yangilikdir”, deydi Vens.
“Fars” malumotlariga köra, Eron Hormuz böğozi va yadro energetikasi böyiça AQŞ şartlariga rozi bölmagan. 

“Axios” naşri ham qator kelişmovçiliklarga Tehronning Hormuz böğozi ustidan nazorat örnatişda oyoq tirab olgani va boyitilgan uran zaxiralaridan voz keçişni istamayotgani sabab bölganini yozdi.
“Muzokaralardagi boşi berk köçaga kirib qoliş holati ötgan haftada erişilgan ikki haftalik sulhni xavf ostiga qöymoqda”, deb qayd etadi naşr. 
AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens muzokaralar kelişuvga olib kelmaganini bayon qilgaç, Pokistondan uçib ketgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: