Blokadadan söng neft narxi yana oşib ketdi
14-04-2026, 08:13
45 марта

Blokadadan söng neft narxi yana oşib ketdi
Bugun, 13 aprel kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron portlarini blokada qilişga buyruq berganidan söng global bozordagi neftning narxi 7 foizgaça kötarilib, bir barrel uçun 100 dollardan oşib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.Neft narxining global etaloni bölgan Brent neftining bir barreli 102,02 dollarga (75,91 funt sterling) yetgan. Global bozordagi narx esa 7,5 foizga oşib, 103,78 dollarni taşkil etmoqda.
AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) 12 aprel kuni keçqurun bergan bayonotida Eron portlarini blokadalaş böyiça bayonot bilan çiqqan edi. Qamal bugun, 13 aprel, Tehron vaqti bilan soat 10:00 dan boşlanişi bildirilgan. Harbiy blokada Eron portlariga kiruvçi va undan çiquvçi barça dengiz transportlariga qöllanişini aytildi. Bunga Eronning portlari va qirğoqböyi hududlari, jumladan, Fors va Ummon körfaziga kiradigan yoki undan çiqadigan barça davlatlarning kemalari kiradi.
Markaziy ştab boşqa davlatlarning kemalari Hormuz böğozida erkin harakatlanişi mumkinligini aytgan bölsada, AQŞ Prezidenti Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida Hormuz böğoziga kirişga yoki undan çiqişga urinayotgan har qanday kemalarni nişonga olinişini aytgan.
“Biz zudlik bilan Hormuz böğoziga kirişga va çiqişga urinayotgan har qanday kemaning harakatlanişini çeklaymiz. Dunyodagi eng kuçli flotga Qöşma Ştatlar egalik qiladi. Bir kun kelib biz albatta Hormuz böğozida harakatlanayotgan barça kemalarga “Hammaga kirişga ruxsat, hammaga çiqişga ruxsat” tamoyilini qöllaymiz. Men harbiy-dengiz kuçlarimizga Eronga boj tölagan har bir kemani qidirib topişni va töxtatişni buyurdim. Noqonuniy boj tölagan har kim oçiq dengizdan xavfsiz ötolmaydi. Amerika floti böğozlarga eronliklar tomonidan qöyilgan barça minalarni ham yöq qilişni boşlaymiz. Amerika kemalariga yoki boşqa tinç kemalarga öq uzgan har qanday eronlik dözaxga uçib ketadi!” deydi Oq uy rahbari.