“Tolibon” yoş yigitni kaltaklab, elektr bilan qiynab öldirdi
14-04-2026, 14:06
290 марта

“Tolibon” yoş yigitni kaltaklab, elektr bilan qiynab öldirdi
Keça, 13 aprel kuni Afğonistonning Qobul şahrida Seyar ismli yoş yigit “Tolibon” muvaqqat hukumati vakillari tomonidan kaltaklanib, elektr toki bilan qiynoqqa solingaç halok böldi. Bu haqda “Haşte subh” xabar berdi.Qayd etilişiça, voqea Seyar oğzaki tortişuv va keyinçalik yuzaga kelgan janjaldan söng sodir bölgan. Şundan keyin u “Tolibon” vakillari tomonidan qölga olinib, şahardagi politsiya bölimiga olib ketilgan.
Guvohlar va manbalar malumotiga köra, Seyar bölim içida qattiq kaltaklangan va keyinçalik elektr toki yordamida qiynoqqa solingan.
Şundan söng, “Tolibon” vakillari uning otasi bilan boğlanib, kelib öğlini olib ketişini aytgan. Yigitning otasi uni darhol şifoxonaga olib borgan, biroq Seyar bir neça kun ötib vafot etgan.
Marhumning yaqinlari ham uning ölimi sodir bölganini tasdiqlagan.