3 yoşli bolaning boşiga ğişt tuşib ketdi
15-04-2026, 19:43
461 марта

3 yoşli bolaning boşiga ğişt tuşib ketdi
Qozoğistonning Qarağandi viloyatida Madaniyat uyi binosi fasadidan 3 yoşli bolaning boşiga qoplama plita tuşib ketişi oqibatida suniy komaga yotqizildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.Qayd etilişiça, hodisa bola otasi bilan bino yonida sayr qilib yurganida sodir bölgan. Ota hatto öğlini tösib, ikkinçi ğiştdan asrab qolgan. Onasining aytişiça, bola köp qon yöqotgan, şunga qaramay, uning hayoti qutqarib qolingan.
Jarohatlangan bolada murakkab operatsiya ötkazilib, boş suyagining bir qismi olib taşlangan va suniy komaga yotqizilgan. Ota-ona binoning qoplama materiali yaxşi mahkamlanmaganini aytib, aybdorlarni jazolaşni talab qilmoqda.
“Bizning talabimiz – bu işga aloqador barça aybdorlar topilib, javobgarlikka tortilişi. Çunki men öşa parçalarni körganimda, ularda heç qanday tsement, köpik yoki hatto birorta mix ham yöq edi. Ular nimada mahkamlangani tuşunarsiz. Barça binolar tekşirilişini xohlayman. Agar bu parça sifatsiz örnatilgan bölsa, qolganlari ham şunday bölişi mumkin”, deydi bolaning onasi Sabina Kauapova.Malumotlarga köra, Madaniyat uyi binosi 4 yil oldin tamirlangan. Biroq 2024 yildayoq u yerda darz ketiş holatlari aniqlangan.
“2024 yilda aynan şu burçakda nuqsonlar topilgan. Biz pudratçiga murojaat qildik, uni çaqirdik, u kelib barçasini tuzatişga vada bergandi. Ammo vadalarini bajarmadi. Keyin malum bölişiça, u bankrot bölgan “Aziya Nur 2030” kompaniyasi ekan. Biz öz kuçimiz bilan tekşirdik, mutaxassislarni jalb qilib, tamirlaşni rejalaştirgan edik va işlar boşlanişini kutgan edik”, degan Madaniyat uyi bölim rahbari Meyirlan Qali.