Italiyada bosqinçilar bankni tönab, tunnelda izsiz ğoyib böldi
17-04-2026, 22:38
46 марта

Italiyada bosqinçilar bankni tönab, tunnelda izsiz ğoyib böldi
Keça, 16 aprel kuni Italiyaning Neapol şahrida qurollangan guruh bank filialini talon-toroj qilib, 25 kişini garovga oldi va yerosti tunnellari orqali qoçib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.Mahalliy vaqt bilan tuş payti boşlangan hodisada politsiya qisqa fursatda bankni qurşab olgan. Taxminan ikki soat davom etgan muzokaralardan söng garovdagilar ozod qilingan, ammo jinoyatçilar izsiz ğoyib bölgan.
Favqulodda xizmat xodimlari bank oynalarini sindirib, içkaridagi odamlarni evakuatsiya qilgan. Şok holatiga tuşgan olti kişiga tibbiy yordam körsatilgan. Guvohlardan biri jinoyatçilar ularni xonaga qamab qöyganini, qurollangan bölsa-da, zarar yetkazmaganini aytgan.
Voqea kattalaşgani sabab boşqa hududdan politsiya maxsus kuçlari jalb qilingan. Minglab odamlar jonli efir orqali kuzatgan operatsiya davomida bank içiga bostirib kirilgan. Biroq içkariga kirilganda talonçilar allaqaçon qoçib ketgani malum bölgan.
Aniqlanişiça, ular oldindan tayyorlangan tunnel orqali kanalizatsiya tizimiga tuşib, izsiz yöqolgan. Hozirça talonçilikning moliyaviy zarari aniq emas. Malumotlarga köra, jinoyatçilar naqd puldan köra kuzatiş qiyin bölgan şaxsiy seyflardagi qimmatbaho buyumlarni nişonga olgan. Politsiya kanalizatsiya tarmoği böylab keng kölamli qidiruv işlarini boşlagan.