Neft inqirozi: AQŞ Rossiya neftiga yana yengilliklar berişga majbur böldi
18-04-2026, 12:58
115 марта

Neft inqirozi: AQŞ Rossiya neftiga yana yengilliklar berişga majbur böldi
AQŞ Rossiya nefti va neft mahsulotlarini, agar ular tankerlarga yuklangan bölsa, sotişga doir litsenziya muddatini 16 maygaça uzaytirdi. Bu haqda AQŞ Moliya vazirligi xabar berdi.Vazirlik saytida elon qilingan litsenziyaga köra, 2026 yil 17 aprelgaça tanker kemalariga yuklangan Rossiya nefti va neft mahsulotlarini sotiş, taşiş va tuşirişga ruxsat beriladi. Uşbu ruxsat 2026 yil 16 maygaça amal qiladi. Aynan şu sanagaça oldindan yuklangan neft bilan boğliq operatsiyalarni amalga oşiriş mumkin.
Biroq bu ruxsat faqat 17 aprelgaça yuklangan neftga tegişli. Agar neft yoki neft mahsulotlari uşbu sanadan keyin tankerga yuklangan bölsa, u holda ularga bu litsenziya amal qilmaydi va ular yana sanktsiyalar doirasida qoladi.
Şuningdek, bu litsenziya Eron bilan boğliq heç qanday operatsiyaga taalluqli emas, yani Eron hukumati, Eron kelib çiqişidagi mahsulotlar yoki xizmatlar bilan boğliq har qanday savdo va moliyaviy faoliyat hali ham taqiqlangan.
Bundan oldin AQŞ Moliya vazirligi tomonidan berilgan şunga öxşaş vaqtinçalik ruxsat mavjud edi. U 12 martgaça tankerga yuklangan Rossiya neftiga taalluqli bölib, 11 aprelgaça amal qilgan. Ammo bu litsenziya muddati tugagaç, dastlab u uzaytirilmadi.
15 aprel kuni AQŞ Moliya vaziri Skott Bessent bunday vaqtinçalik ruxsatnomalarni uzaytiriş rejalaştirilmayotganini aytgan edi. Uning takidlaşiça, ilgari berilgan litsenziyalar Rossiya va Eron neftini ikkilamçi sanktsiyalarsiz sotib oliş imkonini bergan, ammo kelajakda bunday imtiyozlar bölmasligi mumkin.