Qozoğistonda yuzdan ortiq ot nobud böldi
20-04-2026, 16:07
379 марта

Qozoğistonda yuzdan ortiq ot nobud böldi
Qozoğistonning Manğistov tumanidagi kuçli yoğingarçiliklar otlarning nobud bölişiga sabab böldi. Bu haqda “Lada.kz” xabar berdi.Yomğirlardan keyin hayvonlar şörxok yerlarga botib qolgan va ularning köpçiligi halok bölgan. Mahalliy hokimiyat bunga munosabat bildirgan.
Mahalliy aholi çorva yöqotilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirgan. Ularning aytişiça, har bir xonadon bir neçtadan öntagaça çorva yöqotgan.
“Qattiq yomğirlardan söng Manğistovda, Oqşimirau qişloği atrofida çorva suv oqimi bilan oqib ketib, şörxok hududlarga tuşib qolgan. Köplab otlar şör loyga botib nobud böldi, yana bir qismi esa çiqib keta olmayapti. Agar Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy hokimiyat yordam bermasa, vaziyat yanada oğirlaşişi mumkin”, degan qişloq aholisi.Ular muammoga qonunçilar va hayvonlarni himoya qiluvçi taşkilotlar etibor qaratişini söragan.
Keyinçalik mahalliy hokimlik naşrga malum qilişiça, Manğistov viloyatida 14–15 aprel kunlari Sayotes qişloğida kuzatilgan noqulay ob-havo oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Malum qilinişiça, Sayotes va 7-temiryöl bekati oraliğida (tuman markazidan 120–150 km uzoqlikda) temiryöl yoqasi böylab töplangan qişloq xöjaligi hayvonlarining nobud böliş holatlari aniqlangan.
Vaziyatni baholaş uçun 16–17 aprel kunlari davlat organlari vakillari iştirokida maxsus komissiya tuzilgan.
Dastlabki malumotlarga köra, yuzdan ortiq ot topilgan. Hozirda mahalliy ijro organlari nobud bölgan çorva sonini aniqlaştirmoqda, çunki egalari hali töliq hisob-kitob olib bora olmagan.
Takidlanişiça, çorva nobud bölişiga kuçli şamol va jala yomğirlar kabi keskin ob-havo şaroitlari sabab bölgan. Yöldan adaşgan hayvonlar boriş qiyin bölgan hududlarga tuşib qolib, haddan taşqari nam yerlarda halok bölgan. Ayrim podalar aholi yaşaş joylaridan 60–80 km uzoqlikda nobud bölgan bölişi mumkin.
Yöqolgan çorvani qidiriş uçun dronlar yordamida havodan kuzatuv yölga qöyilgan. Viloyat hokimi örinbosari rahbarligida tezkor ştab yiğilişi ötkazilib, uning yakunlariga köra neft-gaz korxonalariga qöşimça texnik yordam körsatiş topşirilgan.
Hozirda viloyat qişloq xöjaligi va yer munosabatlari boşqarmasi rahbari Manğistov tumanida bölib, aholi bilan uçraşuvlar ötkazmoqda va zarur işlarni muvofiqlaştirmoqda.
“Hodisa oqibatlarini bartaraf etiş uçun barça kuç va vositalar safarbar qilingan: yirik korxonalar texnikasi, favqulodda vaziyatlar xizmatlari va mahalliy ijro organlari jalb etilgan. Suvni çiqariş va tiklaş işlari jadallik bilan davom etmoqda. Vaziyat alohida nazoratga olingan. Çorva egalari bilan işlaş olib borilmoqda, zamonaviy monitoring vositalari va maxsus texnika qöllanilmoqda”, deyiladi Manğistov tuman hokimligi xabarida.