Rizo Pahlaviy Germaniyada hujumga uçradi
24-04-2026, 11:41
37 марта

Rizo Pahlaviy Germaniyada hujumga uçradi
Eronning sönggi şohi Muhammad Rizo Pahlaviyning öğli va muxolifat vakili Rizo Pahlaviy Germaniyada hujumga uçradi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.Hodisa 23 aprel kuni Berlin hukumat kvartalida yuz bergan. Rizo Pahlaviy Federal matbuot anjumani binosidan çiqib köçaga çiqqanida, orqadan kelgan erkak uning ustiga suyuqlik sepgan. Şundan söng hujumçi yerga yotqizilib, politsiya tomonidan qölga olingan. Hujum sabablari hozirça malum qilinmagan.
Pahlaviyning matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda bergan bayonotida u hodisadan zarar körmaganini va Berlin safarini özgarişsiz davom ettirganini bildirgan. U Germaniya Bundestagining taşqi işlar qömitasi raisi bilan uçraşgan, parlamentdagi turli siyosiy kuçlar iştirokidagi davra suhbatida qatnaşgan, minglab eronliklar yiğilgan mitingda nutq sözlagan, yoş deputatlar bilan uçraşgan, ommaviy axborot vositalariga intervyular bergan hamda Eron diasporasi vakillari bilan muloqot qilgan.
Uning vakillari Pahlaviy etibor Eron xalqining oğir ahvoliga qaratilişini istayotganini takidlagan. Ularning aytişiça, mamlakatda odamlar har kuni qatl, qotillik, qiynoqlar va zöravonlik holatlariga duç kelmoqda. Şuningdek, ular Berlin politsiyasiga körsatilgan yordam uçun minnatdorlik bildirgan.
Matbuot anjumanida Rizo Pahlaviy Yevropa davlatlarini Eron hukumatiga yon bermaslikka çaqirgan. Unga köra, bu rejim bilan kelişuv orqali tinçlikka erişiş mumkin degan fikr xato va bunday tizim saqlanib qolsa ham barqarorlik bölmaydi.
Pahlaviy, şuningdek, özgarişlar muqarrar ekanini bildirib, asosiy savol bu jarayonda qança eronlik halok bölişida ekanini takidlagan. Uning sözlariga köra, faqat sönggi ikki hafta içida mamlakatda 19 nafar siyosiy mahbus qatl etilgan.